AHMEDOV NOSIR KOMILOVICH



AHMEDOV NOSIR KOMILOVICH (1922.5.12, Toshkent) — anatom, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1990). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan vrach (1967), tibbiyot fanlari Doktori (1965), professor (1967). Urush qatnashchisi (1942-43). Mirzacho’l tumani sog’liqni saqlash bo’limining mudiri va tuman bosh sanitariya vrachi (1943), toshti anatomiya kafedrasining assistenti (1947-55), Andijon davlat tibbiyot instituti (1955-57). Toshti (1957 yildan) normal anatomiya kafedrasining dotsenti, professor (1969) II toshti da shu kafedra mudiri (1990-97), 1997 yildan prof. konsultanti. Ahmedov odam anatomiyasi, operativ xirurgiya va topografik anatomiyaga oid ilmiy ishlar, shuningdek 2 jildli “odam anatomiyasi” daryoligi, 2 jildli “Odam anatomiyasi” atlasi muallifi. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1992). “Jasorat” medali bilan mukofotlangan (1994).

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz