Ahmedov Murolimjon
Murolimjon Axmedov Murodiljonovich (1992-yil 5-yanvarda Botken viloyatidagi Uch-qoʻrgʻon qishlogʻida tavallud topgan) — qirgʻizistonlik futbolchi, Qirgʻiziston milliy terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi.
Faoliyati
Klubdagi faoliyati
2012-yildan boshlab Qirgʻiziston oliy ligasida Oʻshning „Oloy“ futbol klubi safida oʻz faoliyatini boshladi va olti mavsumni oʻtkazib, shu vaqt mobaynida uch karra Qirgʻiziston chempioni (2015—2017-yillar) va koʻp karra mamlakat chempionatining sovrindoriga aylandi.
2017-yilda u Qirgʻizistonning eng yaxshi futbolchisi sifatida eʼtirof etildi. Ahmedov Osiyo klublari turnirlarida qatnashgan.
U Tojikistonning „Xujand“ va Turkiyaning „Samolyukspor“ havaskorlar klubiga oʻtish uchun koʻrikdan oʻtgan.
2018-yilda futbolchi Bishkekning „Dordoy“ klubiga transfer qilinib, oʻsha mavsum doirasida qatorasiga toʻrtinchi bor Qirgʻiziston chempioni boʻldi. Shuningdek, mamlakat kubogini ham qoʻlga kiritdi.
Ahmedov 2020—2021-yillarda Bangladesh chempionatida Bangladesh Police klubi safida toʻp surgan.
Terma jamoadagi faoliyati
2014-yilda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida Qirgʻizistonning olimpiya tema jamosi safida 2 ta oʻyin oʻtkazgan.
U 2017-yilning 13-iyun kuni Hindistonga qarshi boʻlib oʻtgan debyut uchrashuvini Qirgʻiziston terma jamoasi safida oʻtkazib, oʻyinning 81-daqiqasida Viktor Mayer oʻrniga maydonga tushdi.
Ahmedov, shuningdek, 2019-yilgi Osiyo Kubogida qatnashgan, ammo biror marta ham maydonga tushmagan.
Mukofotlari
2017-yilda — Qirgʻizistonning eng yaxshi futbolchisi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org