AHMEDOV HOJIAKBAR (1906.1.6, hozirgi Namangan tumani Xonobod qishlog’i — 1980.5.3, Namangan) — o’zbek xonandasi (bariton) va aktyor. O’zbekiston xalq hofizi (1939). Hamnafaslari Ja’farxon Umarov va Jamolqori G’iyosovlar bilan birga katta Farg’ona kanali, shimoliy Toshkent kanali qurilishlarida qatnashgan. Namangan musiqali drama teatrida (1934-41), Muqimiy teatrida (1941— 62) ishlagan. Sardor (“Tohir va Zuhra”), Xisrav (“Farhod va Shirin”), Dehqon ota (“Oftobxon”), Hoji, Go’ro’g’li (“Nurxon”, “Ravshan va Zulxumor”), Rais (“Oltin ko’l”), Madumar (“Vatan ishqi”) va boshqa obrazlarni yaratgan. Repertuaridan katta ashula, ommabop o’zbek qo’shiqlari o’rin olgan: “Hormangiz”, “Kanalimga keling”, “Ey, ko’ngil”, “Ilg’or suvora”, “Bir qamar”, “Mehnat ila”, “Hur diyorim”, “O’zingdandir”, “O’rgandim” va hokazolar. Namangan tumanidagi bolalar musiqa maktabiga Ahmedov nomi berilgan.
Sun'iy intellekt javobi:
Ahmedov Hojjakbar haqida aniq va ko‘p maʼlumot olish uchun, iltimos, uning kimligi yoki qaysi sohada faoliyat yuritishi haqida biroz ko‘proq maʼlumot bering. Masalan, u tarixiy shaxs, olim, san’atkor yoki boshqami? Bu yordam beradi yanada to‘liq va batafsil maʼlumot taqdim etishda.
Agar umumiy maʼlumot so‘rayotgan bo‘lsangiz, afsuski, mening maʼlumot bazamda “Ahmedov Hojjakbar” haqida mavjud bo‘lgan maxsus maʼlumotlar yo‘q. Iltimos, qo‘shimcha maʼlumot bering yoki boshqa savol bilan murojaat qiling!
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish