AHMEDOV BO’RI
AHMEDOV BO’RI (1914, Sherobod tumani—1981, Oltinsoy tumani) — o’zbek xalq dostonchisi. Sherobod dostonchilik maktabining asoschilaridan biri — Shernaning o’g’li Normurod baxshining shogirdi. Undan “Alpomish”, “Oyparcha”, “Yusuf bilan Ahmad”, “Ollonazar Olchinbek”, “Avazxon”, “Nurali” kabi dostonlarni o’rgangan. Uzoq yillar Tojikistonda yashadi va o’qituvchilik qildi. Undan “Alpomish”, “Nuralining yutilishi”, “Sanam Gavhar” kabi dostonlar yozib olingan. “Nuralining yutilishi” dostoni nashr etilgan.
Manba:
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz