Ahmed Kutucu





Ahmed Kutucu (2000-yil 1-martda tugʻilgan) — professional futbolchi, markaziy hujumchi 2- Bundesliga klubi SV Sandhausenga, Turkiyaning Istanbul Boshakshehir klubidan ijaraga olingan. Germaniyada tugʻilgan, Turkiya terma jamoasi vakili.




Klubdagi faoliyati



Kutucu oʻzining yoshlik faoliyatini 2003-yilda Sportreunde Haverkamp bilan boshlagan, 2006-yilda Rot-Vays Essenning yoshlar jamoasiga oʻtgan. 2011-yilda u „Schalke 04“ning yoshlar jamoasiga qoʻshilgan.


2018-yil 11-dekabr kuni Kutucu „Schalke“ safida UEFA Chempionlar ligasida ilk debyutini oʻtkazgan va Moskvaning „Lokomotiv“iga qarshi oʻyinda Sedrik Teuchertning oʻrniga 72-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan. U Bundesligadagi ilk golini 2018-yilning 22-dekabrida Shtutgartga qarshi safarda urgan. Oʻsha oʻyinda Kutucu 73-daqiqada Yevgeniy Konoplyankaning oʻrniga zahiradan maydonga tushgan va hisobni 3:1 koʻrinishiga keltirib jamoasi gʻalabasiga oʻz hissasini qoʻshgan.


2021-yil 21-yanvarda Kutucu Eredivisie klubi Herakles Almeloga mavsum oxirigacha ijara shartnomasi asosida qoʻshilgan.


2021-yilning 4-iyulida Kutucu Turkiyaning Istanbul Boshakshehir klubiga oʻtgan


2022-yil 12-yanvarda Kutucu 2-Bundesliga klubi SV Sandhauzenga qoʻshilishga rozi boʻlgan. Bundesliga klubi bilan mavsum oxirigacha ijara shartnomasi imzolanagan.



Xalqaro faoliyati



Kutucu 2017-yilda Hindistonda boʻlib oʻtadigan 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatida Turkiya terma jamoasiga chaqirilgan. U 2017-yilning 6-oktyabr kuni guruhdagi birinchi oʻyinda debyut qilgan va 18-daqiqada Yangi Zelandiyaga qarshi oʻyinda boshi bilan gol urib Turkiyaga terma jamoasiga 1:1 hisobidagi durangga erishishga yordam bergan. U Turkiyaning qolgan ikkita oʻyinida ishtirok etgan va ular guruh bosqichidan musobaqani tark etishgan. Keyingi yili u 2018-yilda Finlandiyada boʻlib oʻtadigan 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida Turkiya terma jamoasiga kiritilgan. U Turkiya terma jamoasi safida uchta oʻyinda ham maydonga tushgan, jamoa guruh bosqichidan musobaqani tark etgan.



Faoliyat statistikasi




Klub




Xalqaro




Manbalar









uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz