Ahmadjon Musayev





Ahmadjon Musayev (12-yanvar 1959-yil) sobiq oʻzbek futbolchisi va hozirda murabbiy. Oʻzbekiston U-20 jamoasini FIFA U-20 Jahon chempionati 2013 musboqasiga olib chiqqan murabbiy hisoblanadi.




Futbolchilik faoliyati



Ahmadjon Musayev Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi tarkibida kattalar safida oʻz debyutini amalga oshirmagan boʻlsada 1978-yildan asosiy jamoa bilan birga mashgʻulotlar olib borgan va oʻrinbosarlar tarkibida toʻp surgan. 1979-yil „Paxtakor“ jamoasi bilan yuz bergan voqealardan soʻng, SSSRning boshqa mintaqalaridan bir necha futbolchilar „Paxtakor“ jamoasi safiga oʻtdi. Raqobatning oshishi natijasida 1980-yilgi mavsumda Andijonning „Shahrixonchi“ klubi tarkibiga oʻtdi. 1981-yilgi mavsumda Toshkentning „Start“ jamoasi tarkibiga oʻtdi. Shuningdek keyinchalik Navoiyning „Zarafshon“, Xorazmning „Narimanovets“, Toshkentning „Traktor“ Qarshining „Nasaf“ (oʻsha davrlarda Geolog), Qoraqalpogʻistonning „Toʻrtkoʻlchi“ Va toshkent shahrining „Diyonat“ jamoalarida toʻp surdi.



Murabbiylik faoliyati



Murabbiylik faoliyatida asosan yoshlar jamoalari bilan ish olib bordi. Bulardan eng muvaffaqiyatlaridan biri Oʻzbekiston U-20 jamoasini FIFA U-20 Jahon chempionati 2013 musboqasiga olib chiqqani boʻldi.



Manbalar




Havolalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz