Ahmadjon Madaminov




Ahmadjon Madaminov (1926, Qoʻqon — 2008, Qoʻqon), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1989), Filologiya fanlari nomzodi (1972).



Faoliyati



Fargʻona davlat pedagogika institutini tugatgan (1951), tuman va shahar maktablarida oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi boʻlib ishlagan (1951 — 1961), Qoʻqon adabiyot muzeyi (hozirgi Fargʻona viloyat adabiyot muzeyi)da ilmiy xodim, muzey direktori, yetakchi ilmiy xodim (1961 — 1098) lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. U Haziniyning «Tasadduq, yo Rasululloh» (1992), Mirzo Hoʻqondiyning «Yigirma hikmat» (1992), Midhatning «Orzu» (1995), Muqimiy, Furqat, Zavqiy sheʼrlaridan iborat «Yangi bayoz»ini (1997), Haziniyning «Devon»ini (hammuallif, 1999) va Zavqiyning «Ajab zamona» (hammuallif, 2003) kitoblarini nashrga tayyorlagan.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz