Ahmadjon Ibrahimov






Ahmadjon Ibrahimov (1902-yilda tugʻilgan — 1938-yil 5-oktyabrda vafot etgan) — Andijon shahri partiya kommiteti aʼzosi, Oziq-ovqat kommitetining Bogʻdod tumanidagi vakili, Qudash qishlog‘ida viloyat moliya bo‘limining moliyav agenti, Qoʻqon shahrida teriga ishlov beruvchilar uyushmasining raisi. Andijon shahrida okrug kasaba soyuzi raisi, Norin rayoni MTS direktori.




Hayoti va taʼlimi



Ahmadjon Ibrahimov 1902-yilda tugʻilgan Qoʻqon shahrida tavallud topgan. SSSR Oliy harbiy sudi sayyor majlisinig 1938-yil 5-oktyabr sanasidagi yig‘ilishida otishga mahkum qilingan.


U Qo‘qon shahri (Fargʻona viloyati)dagi 1-bosqichli islom maktabida tahsil olgan. 1926-yil sentyabr—1927-yil noyabr oylarida Toshkentda VSSPS O‘rta Osiyo byurosida kursant sifatida taʼlim olgan.



Faoliyati



Ahmadjon Ibrahimov 1928-yilning mart oyida Andijon shahar komsomol komiteti tomonidan partiya safiga qabul qilingan. 1921-yil oktyabr—1922-yilning fevral oylari oraligʻida Qo‘qon uyezdiga qarashli Yaypan qishlogʻi kasaba uyushmasida kotib sifatida faoliyat olib borgan. 1922-yil fevral—1923-yil iyun oylarida viloyat oziq-ovqat komitetining Bog‘dod tumanidagi vakili sifatida ishlagan.


1923-yil iyul—1924-yil yanvar orasida Qudash qishlog‘ida viloyat moliya bo‘limining agenti lavozimida mehnat qilgan. 1924-yilning fevral—dekabr oylari oraligʻida Qo‘qon shahri teriga ishlov beruvchilar uyushmasining raisi boʻlgan hamda 1924-yil dekabridan 1926-yil sentyabr oyigacha esa viloyat boʻyicha shu lavozimda faoliyat yuritgan.


1927-yil noyabr—1929-yil yanvar — Andijon shahrida okrug kasaba soyuzi raisi;
1930-yil sentyabr—1931-yil iyul — „O‘zbek savdo“ning Andijon shahridagi vakili;
1931-yil iyul—1933-yil mart — Yangiqo‘rg‘on tumani ijroiya komiteti raisining o‘rinbosari;
1933-yil mart—1934-yil fevral — Chust tumani ijroqo‘mitasi raisining o‘rinbosari. 1934-yil fevral—1936-yil maygacha huddi shu tumanda MTS direktori;
1936-yil iyun—1937-yil 18-may — Norin tumani MTS direktori kabi lavozimlarda ishlab kelgan.



Adabiyotlar




Manbalar




Havolalar








uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz