Ahmad Nosir al-Raisiy
Ahmad Nosir Al-Raisiy (arabcha: أحمد ناصر الريسي shuningdek, inglizcha: Ahmed Nasser Al-Raisi) — amirlik (BAA) generali va Birlashgan Arab Amirliklari ichki ishlar vazirligining bosh inspektori.
U 2021-yilgi saylovda Interpol prezidenti etib saylandi.
Taʼlim
London Metropolitan Universitetida doktorlik darajasini olgan.
Karyera
1980-yilda Abu-Dabi politsiyasiga ishga kiradi, 2005-yilda Markaziy operatsiyalar boʻyicha bosh direktor lavozimiga koʻtariladi. 2015-yilda ichki ishlar vazirligining bosh inspektori etib tayinlangan . 2018-yilda BAA rejimi tomonidan josuslikda ayblangan britaniyalik akademik Metyu Xedjsning hibsga olinishida muhim rol oʻynaydi. Inson huquqlari tashkilotlarining taʼkidlashicha, Raisiy Interpolning qizil xabarnoma tizimidan notoʻgʻri foydalangan „mashhur“ davlat xavfsizlik apparatini nazorat qiladi.
U Interpol ijroiya qoʻmitasi aʼzosi va 2018-yildan beri Osiyo delegati xisoblanadi.
Interpol prezidentligiga nomzod
U 2022-yilda Kim Chen Yangdan keyin Interpol prezidenti lavozimiga Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan rasmiy nomzodi edi. Qiynoqlarga boshchilik qilgsni uchun ayblangani uchun uning nomzodi inson huquqlari guruhlari tomonidan keskin qoralanadi. 19 ta inson huquqlari guruhlari, jumladan Human Rights Watch va Fors koʻrfazi Inson huquqlari markazidan iborat koalitsiya Interpolga ochiq xat yozib, uning tayinlanishiga qarshiliklarini bildirishadi. Buyuk Britaniyaning sobiq bosh prokurori Devid Kalvert-Smitning hisobotida aytilishicha, Al-Raisiy bu lavozimga mos kelmaydi. Metyu Xedjs Interpol aʼzolaridan Al-Raisiyni bu lavozim uchun koʻrib chiqmaslikni soʻraydi.
2021-yil iyun oyida Parijda Fors koʻrfazining Inson huquqlari boʻyicha markazi Al-Raisiy ustidan jinoiy ish qoʻzgʻatdi. Shikoyat ishida uni 2017-yilda hibsga olingan BAAning taniqli dissidenti Ahmad Mansurning qiynoqlari uchun javobgarlikda ayblaydi
Odatda shaffof boʻlmagan jarayon uchun gʻayrioddiy BAA Al-Raisiyni qoʻllab-quvvatlash uchun Interpolga aʼzo mamlakatlarga safarlarini uyushtirib, uni „xalqaro pariya“ sifatida koʻrishni targʻib qilardi.
Al-Raisiy bir qancha mamlakatlarda sudga tortilgan. Metyu Xedjs va Ali Ahmadning advokati Rodni Dikson ovoz berishdan oldin saylovoldi tashviqoti doirasida Shvetsiya politsiyasiga al-Raisiyni mamlakatga kelganida hibsga olish haqida shikoyat qildi. Xedjs va Ahmad Norvegiya politsiyasi maʼmurlariga xuddi shunday iltimos bilan murojaat qilib, ulardan yordam soʻrashdi va agar tergov ochilgan boʻlsa, ar-Raisiyni tashrif buyurish imkoniyatidan foydalanib, uni hibsga olishlarini soʻrashdi.
2021-yil noyabr oyida Germaniya parlamentining uch deputati qoʻshma bayonot chiqarib, Al-Raisiyni saylanishini Interpol obroʻsiga xavf tugʻdirishi va nomzodning koʻrsatilishi Interpolning asosiy qonunchiligining ikkinchi moddasiga zid ekanligi aytishadi. 35 nafar fransuz qonun chiqaruvchisi Emmanuel Makrondan xat orqali Al-Raisiy nomzodiga qarshi chiqishni soʻraydilar. Birlashgan Arab Amirliklari nemis deputatining xavotirlarini rad etib, BAA „dunyodagi eng xavfsiz davlatlardan biri“ ekanidan faxrlanishlarini aytishadi.
Saylov
Saylov 25-noyabr kuni Istanbulda boʻlib oʻtdi, Al-Raisiy Interpol vitse-prezidenti Sarka Xavrankova bilan ushbu lavozim uchun kurashdi. Al-Raisiy ovoz berishning 3-turidan soʻng gʻalaba qozondi va taxminan 69 foiz ovoz bilan toʻrt yillik muddatga saylandi. U Yaqin Sharq mamlakatlaridan prezidentlikka saylangan birinchi nomzoddir.
Birlashgan Arab Amirliklari Interpol byudjyetiga ikkinchi eng katta hissa qoʻshuvchi davlat boʻlib, bu BAA saylov natijalarini sotib olgani haqidagi iddaolarga sabab boʻldi. Interpol Al-Raisiy yarim stavkalik roli asosan rasmiyatchilik uchun boʻlishini takidlasada Al-Raisiy Interpol siyosatini oʻzgartirishni xohlayotganga oʻxshaydi. Uning saylovoldi tashviqotida Interpolda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni oshirish haqidagi vaʼdasini baʼzilar avtoritar rejimlar qoʻllayotgan elektron kuzatuv vositalariga ishora sifatida koʻrdilar. Neue Zürcher Zeitung uchun yozish, Ulrich Schmid [de] Al-Raisining saylanishini avtoritar davlatlar bayram qilishiga sabab deb atadi, chunki bu xalqaro tashkilotlarda inson huquqlari obroʻsini yanada pasaytirishi mumkin. The Guardian muxbiri Rut Mayklson saylovni BAA uchun „yumshoq kuchning katta gʻalabasi“ deb taʼrifladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org