Ahmad Narzullayev





Ahmad Narzullayev (1956-yil 15-mart; Surxondaryo viloyati, Denov tumani) — Fermer, Oʻzbekiston qahramoni, Mehnat shuhrati ordeni sohibi.




Tarjimai holi



Ahmad Narzullayev 1956-yil 15-martda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida tugʻilgan. 1979-yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Ahmad Narzullayev boshchiligidagi „Lochin“ fermer xoʻjaligi 2000-yilda Prezident sovrini uchun oʻtkazilgan „Tashabbus“ koʻrik-tanlovida faol ishtirok etgan. Shu yili „Lochin“ fermer xoʻjaligi viloyat bosqichida dehqon, fermer va tadbirkorlar oʻrtasida 1-oʻrinni egalladi. Ushbu koʻrik-tanlovning Respublika bosqichida esa 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan. Ahmad Narzullayev esa koʻrik-tanlovning „Saxovatli tadbirkor“ laureatlik diplomi va esdalik sovgʻasi bilan taqdirlangan. „Tashabbus – 2001“ koʻrik-tanlovida Ahmad Narzullayevga „Intizomli soliq toʻlovchi“ laureatlik diplomi berilgan.


2020-yilning 14-dekabr kuni Ahmad Narzullayev qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni munosabati bilan Surxondaryoda bo'lib o'tgan bayram yadbirida qatnashgan va tadbir davomida quyidagi fikrlarni bildirib o'tgan:



Davlatimiz rahbarining Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi xodimlariga yoʻllagan bayram tabrigi yurtimizdagi mirshikor dehqon hamda fermerlar, tomarqa yer egalari va chorvadorlarni behad mamnun etdi. Bu tabrikda moddiy neʻmat yaratuvchilariga boʻlgan yuksak hurmat va ehtirom oʻz ifodasini topgan, desam aslo mubolagʻa boʻlmaydi. Bu bizning kuchimizga kuch, ruhiyatimizga esa kattta koʻtarinkilik baxsh etdi. Biz dehqonchilikda koʻp yillik tajribaga ega xalqimiz. Shunga munosib ravishda qishloq xoʻjaligini isloh qilish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash ishlariga qaratilgan doimiy eʼtibor yuksak samaralar baryotir. Paxtachilik, gʻallachilik qatori issiqxona sharoitida dehqonchilik qilish boʻyicha ham ilgʻor tajribalar oʻzlashtirilib, moʻl-koʻl hosil yetishtirishga erishib kelmoqdamiz.

— Ahmad Narzullayev, [2]

Mukofotlari




Manbalar




Adabiyotlar



Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor va boshqalar. Oʻzbekiston qahramonlari. Toshkent: Adabiyot, 2021 — 216 bet. 11-avgust 2023-yilda qaraldi. 








uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz