Ahmad Masʼud
Ahmad Masʼud (dariycha: احمد مسعود) — afgʻonistonlik siyosiy arbob, millati tojik. Afgʻoniston qahramoni — Ahmad Shoh Masʼudning oʻgʻli va izdoshi. 2016-yildan „Massoud Foundation“ bosh direktori. 2019-yil 5-sentabrda Panjsher vodiysidagi maqbarada otasining izdoshi deb eʼlon qilingan.
Tarjimai holi
Ahmad Masʼud Taxor viloyatida tojik oilasida tugʻilgan.
Eronda oʻrta maktabni tugatgach, Sandhurst Qirollik harbiy akademiyasida oʻqigan.
2012–2015 yillarda u London Qirollik kollejining harbiy tadqiqotlar fakultetida oʻqigan. 2016-yil London shahar universitetida magistr darajasini olgan.
2016-yil Afgʻonistonga qaytgan Ahmad Masʼud „Massoud Foundation“ bosh direktori etib tayinlanadi.
Ahmad Masʼud 2019-yil martdan rasman siyosat bilan shugʻullana boshlaydi.
2021-yil Tolibon hujumlari fonida Masʼud Panjsher viloyatida Tolibonga qarshi kurashish uchun katta harbiy kuch toʻpladi. Kobul qulaganidan soʻng u Afgʻonistonning birinchi vitse prezidenti Amrulloh Solih bilan qoʻshilgan holda „Tolibon“ hokimiyatini tan olmadi va qarshilik koʻrsatishda davom etmoqda.
Manbalar
uz.wikipedia.org