Ahmad ibn Usmon Samarqandiy





Ahmad ibn Usmon Samarqandiy (arabcha: أحمد بن عثمان سمرقندي — Ahmad ibn Usmon Samarqandiy — Toʻliq ismi: Shihobuddin Ahmad ibn Usmon ibn Nizom Samarqandiy Xattobiy Shofi’iy (vafoti 901/1460-yil)) — Qiroat olimi, faqih va mufassir.



Hayoti va Faoliyati



Ahmad ibn Usmon Samarqandiy Shofi’iyning bobosi Xattobga nisbat berilgan. Mullozoda nomi bilan tanilgan. Qiroat, mantiq, fiqh, tafsir, hadis va balog‘at ilmlarini
bilgan. Tarixchilardan birining xabar berishicha, Ahmad ibn Usmon Samarqandiy alloma imom, qiroatda oliy isnodli boʻlgan. Damashq, Halab kabi shaharlarga safar qilgan va u
yerdagi ulamolardan istifoda etgan.
Asarlari: „Kitob jumi’a fiyhi-l-hidoya va-l-muharrar“ („Hidoyat va ozod qiluvchi masalalar jamlangan kitob“), „Sharh hidoyatu-l-hikma“ („Hidoyatu-l-hikmat“ kitobiga sharh"), „Sharhu-sh-sham-siyya“ („Shamsiyya“ga sharh"), „Hoshiyya ala-sh-sharhi-l-muxtasar li-t-Taftazoniy ala talxisi-l-miftoh li-l-Qazviniy“ ("Qazviniyning „Talxisu-l-miftoh“ asariga Taftazoniyning yozgan muxtasar sharhiga hoshiya-izoh").



Asarlari




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz