Ahmad ibn Sufyon an-Nasoiy
Ahmad ibn Sufyon an-Nasoiy , “al-Marvaziy” deb ham yuritiladi – muhaddis bo‘lgan, Avn ibn Imora va boshqalardan hadis rivoyat qilgan. Undan esa Imom an-Nasoiy, Imom al-Buxoriy, Muhammad ibn al-Musayyab al-Irg‘iyoniylar rivoyat qilganlar. Ahmad ibn Sufyon an-Nasoiy milodiy 870-yil (hijriy 256-yil)dan keyin vafot etgan. To vafot topguniga qadar hadislarni jamlash va ularni tasnif qilish bilan mashg‘ul bo‘lgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org