Ahmad ibn Harb




Ahmad ibn Harb - to'liq ismi Abu Abdulloh Ahmad ibn Harb Naysoburiy Nishopurning taniqli zohidi va muhaddisi edi. Xuroson faqihi va shayxlarining oqsoqollaridan biri bo‘lgan Ahmad ibn Harb “al-Arbain”, “Kitobuz-zuhd” va “Iyalulloh” kabi hadis va tasavvufga oid asarlar yozgan. Biroq uning birorta asari bugungi kungacha yetib kelmagan. U Yahyo ibn Muoz ar-Roziyning ustozi, Sufyon ibn Uyayniyning shogirdi edi. Bir muddat Turkistonda g‘ayrimusulmon turklarga qarshi jihodda qatnashgan. Makkada ham istiqomat qilgan.
U Ahmad ibn Hanbal davrida Bag‘dodga tashrif buyurib, u yerda dars bergan. Islomning oltin asrida 234 (849) yilda 85 yoshida vafot etgan.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz