Ahmad ibn Abdulloh ibn Habashal-Marvaziy






Ahmad ibn Abdulloh ibn Habashal-Marvaziy milodiy 770-yil (hijriy 153-yil) Marvda tugʻilib, 870-yil (hijriy 256-yil)da vafot etgan. 100 yil umr ko‘rgan. Oʻz zamonasida „Habashal-Hosib“ („Habash hisobchi“) laqabi bilan tanilgan. Bag‘dod ilmiy maktabida faoliyat ko‘rsatgan yirik astronom va matematik.



Asarlari




U „az-Zij al-Maʼmuniy al-mumtahan“(„al-Maʼmunning tekshirilgan ziji“) asarining mualliflaridan biridir.


Uning Abu Jaʼfar ibn Ahmad ibn Habash ismli o‘g‘li bo‘lib, u ham astronomiya bilan shug‘ullangan. Uning „Kitob al-asturlab al-musattah“ („Yassi astrolyabiya“) nomli kitobi mavjud. Ahmad al-Marvaziyning IX asrdagi mashhur astrolog va astronomlaridan biri Muhammad ibn Bazyar ismli shogirdi ham boʻlgan.



Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz