Ahmad Hoshim
Kategori:Türkçe Vikipedi ile Vikiveride aynı resim olan maddeler
Ahmad Hoshim, (1887-yil, Bag'dod - 1933-yil 4-iyun, Kadiko'y, Istanbul ), turk shoiri va yozuvchisi, Fecr-î Ati jamiyati a'zosi.
Hayoti
Bag'dodda tug'ilgan. Otasi yuqori martabali kishi va Bag'dodning eski va taniqli sulolalaridan biri Alusizodalar sulolasining vakili Orif Hikmat Bey; onasi Sora Xonim, Kahyazodalarning qizi, u ham Bag'dodning taniqli kishilaridan bo`lgan. Mashhur tafsirchi Mahmud al -Alusiy Ahmad Hoshim otasining bobosi. Otasi arab viloyatlarida davlat xizmatida bo‘lganligi sababli u boshlang‘ich maktab ta’limini tartibsiz olgan. Xuddi shu sababdan u til sifatida faqat arab tilini o‘rgangan. Onasi vafot etgach, 12 yoshida otasi bilan Istanbulga keladi. 1897-yilda u Galatasaroy Sultoniga pansionat sifatida yoziladi. Hoshimning san'at va adabiyotga qiziqishi shu yerda boshlanadi.
Adabiy hayot
Uning birinchi she’ri “Leyâl-i Aşkim” 1901-yilda “Mecmua-î Edebiyye” da nashr etilgan. Bu davrda u Muallim Naji, Abdülhak Hamid, Tevfik Fikret va Jenab Shahabeddin ta'siri ostida qoladi.. Yuqori kursda o`qiyotgan vaqtda u fransuz she'riyati va namoyondalari bilan tanishdi. Shundan so‘ng u o‘z shaxsiyatini ko‘rsatdi va ilk yozgan she’rlarini kitoblariga kiritmadi. 1905-1908-yillarda yozgan va “Piyale” nomli kitobiga kiritgan “Shi’ir-i Kamer” turkumidagi she’rlari boy tasavvuri, ichki uyg’unlikdagi kuchi va katta singdirish qobiliyati bilan e’tiborni tortdi va hayratga soldi.
1909-yilda asos solingan Fecr-i Otiga kirdi. 1907-yilda oʻqishni tamomlab, Reji maʼmuriyatiga xizmatchi boʻlib kirdi. Boshqa tomondan, Mekteb-i Hukukda davom etdi. Birinchi jahon urushida (1914-1918) harbiy xizmat davomida Chanoqqal’a frontida bo‘lgan. Urushdan keyin imtihon bilan Duyun-u Umumiyega kirdi. Duyun-u Umumiyeni tark etgach, Usmonli bankida davlat xizmatchisi bo'lib ishladi. Anadolu temir yo'li shirkati boshqaruv kengashiga a'zolikka tayinlandi. Anadoluning turli joylarini ko'rish imkoniga ham ega bo'ldi. Kasallik tufayli 1924-yilda Parijga, 1932-yilda Frankfurtga boradi. Turli joylarda davlat xizmatchisi bo'lib ishlagan Ahmad Hoshim asosan o`qituvchilik qilib dars bergan. Sanayi-i Nefise maktabida mifologiya muallimi, Mulkiye Mektebida esa fransuz tili oʻqituvchisi bo`lib oʻlimiga qadar ishladi.
Adabiy tushuncha
Fecr-i Atiy guruhining nashriyoti bo'lgan Servet-i Fünun jurnalida "Adabiyotni mafkuraga emas, estetikaga bo'ysundirish" tushunchasi bilan harakat qilib, Servet-i Funun jamoasiga qarshi hujumlarda maqolalari bilan qatnashgan. U 1911-yilda nashr etilgan "Ko'l soatlari" nomli she'rlari bilan munosib shuhrat qozongan. Fecr-i Atiy guruhi arqalib ketganidan so'ng, siyosiy va adabiy oqimlardan tashqari o'ziga xos she'riyat va nasriy tushunchaning yagona vakili bo'lib qoldi.
U tashqi dunyoni kuzatishlarini o'z prizmasidan o`tkazib aytadi; kuz, oqshomning qip-qizilligi va pessimizm muhim mavzulardir. Ahmad Hoshim latifalari, insholari va sayohat taassurotlari bilan muhim yozuvchidir. Uning nasriy tili sodda va juda muvaffaqiyatli. Qabri Istanbuldagi Eyüp Sulton qabristonida.
Asarlari
She'riy kitoblari
Nasr
Haqida yozilgan kitoblar
Galereya
Yana qarang
Manba
Mavzu bo'yicha nashrlar
uz.wikipedia.org