Ahmad Faxuriy
Ahmad Faxuri (1978-yilning 6-iyunida Hamo shahrida tugʻilgan) suriyalik media prodyuser. U Suriya telekoʻrsatuvida, Al-Ghad Channel va BBC Arabicda ishlagan va Trending taqdimoti bilan mashhur boʻlib, keyin esa Al -Jazira kanalida faoliyatini boshlagan. Hozir esa u yerda teledastur taqdim etmoqda.
Mehnat faoliyati
A. Faxuriy 1996-yilda huquqshunoslik bo‘yicha o‘qishni boshlab, 2001-yilda Halab universitetining huquq fakultetini tamomlagan. Keyin u Damashq universitetida 2 yil ketma-ket “shaxsiy huquq diplomi” bo‘yicha aspiranturani tamomladi. Ammo shaxsiy sabablarga ko'ra u yerda oʻqishni davom ettirmadi. 2002-yilda u biznes-reklama kompaniyasida agent boʻlib va bir vaqtning oʻzida hujjatli filmlar rejissyori sifatida ham ishladi.
2004-yilda Damashq radiosida diktorlar tanlovidan o‘tib, Damashq bosh radiosida yangiliklar va teleko‘rsatuvlar boshlovchisi bo‘ldi. 2006-yilning oxiri 2007-yilning boshlarida esa Suriya rasmiy teleko'rsatuvi orqali televideniye sohasiga kirdi. U yerda Ahmad al-Faxuriy kechki yangiliklar boshlovchisi sifatida ishladi. Keyinchalik Al-Jazeera Documentary va National Geographic kabi bir qator kanallar uchun hujjatli filmlarni tayyorlab, sharhlovchilik ham qilgan.
2013-yilga kelib esa u Istanbuldagi Al-Ghad telekanalida muxbir sifatida ishlay boshladi. Soʻng 2014-yilda Buyuk Britaniyaga ko‘chib borib, u yerda sharhlovchilar, tahlilchilarga aloqador yangiliklar dasturlariga qo‘shimcha ravishda BBC Arabicda yangiliklar taqdim eta boshladi. 2017-yilning oktyabr oyida ijtimoiy tarmoqlar mazmunini namoyish qilish bilan bogʻliq "Trend" dasturini taqdim etdi.
Turmush qurgan, 2 o‘g‘li bor.
2022-yilning iyul oyida u BBC Arabic kanalidan ketib, Al-Jazira kanaliga qoʻshilishini eʼlon qildi.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org