Ahmad Donish koʻchasi (Toshkent)





Ahmad Donish koʻchasi  — bosh qismi Olmazor tumanida, asosiy qismi Yunusobod tumani hududida. Katta halqa yoʻli va Kichik halqa yoʻli oraligʻida joylashgan. Uzunligi 8 km atrofida.


1983-yilda Ahmad Donish nomi qoʻyilgan. Ahmad Donish koʻchasining t.y. oʻtgan qismida koʻprik, Amir Temur shoxkoʻchasi va Ustalarida yoʻloʻtkazgich bunyod etilgan. Bu yoʻloʻtkazgichlarning qurilishi Ahmad Donish koʻchasining yanada serqatnov boʻlishini taʼminlab, aholiga qulaylik yaratdi.


Koʻcha yoʻnalishida 17-sonli klinik shifoxona, „Yunusobod“, dehqon bozori va uning shoxobchapari, kiyim-kechak bozori, Yunusobod, 2-, 3-, 4-, 5-, 11-, 12-, 13-, 14-, 15-, 16-turar joy mavzelari, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, avtobus boshbekati joylashgan.



Yana qarang




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz