Ahmad Boboqulov




Ahmad Boboqulov (1931-yil 17-yanvar, Gʻijduvon tumani, Buxoro viloyati, O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi — 1990-yil 25-may, Dushanbe, Tojikiston Sovet Sotsialistik Respublikasi) — tojik va sovet xonandasi (lirikdramatik tenor). Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi Xalq artisti (1971). Taniqli maqom bilimdoni Boboqul Fayzullayevning oʻgʻli.



Tarjimai holi



1931-yil 17-yanvarda Gʻijduvon tumanida (hozirgi Buxoro viloyati Oʻzbekiston) tugʻilgan. Otasi — hofiz, xalq xonandasi va sozanda Boboqul Fayzullayev.


1954-yilda Moskva konservatoriyasi qoʻshiqchilik yoʻnalishini, 1962-yilda V. F. Karin bilan aspiranturani tamomlagan.


1954—1956 va 1966-yildan — Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston opera va balet teatri solisti (Dushanbe).


1956—1966-yillarda Tojikiston filarmoniyasining solisti (Dushanbe).


Konsert xonandasi sifatida murakkab ariyalar, eski romanslar, tantana qoʻshiqlari, tojik kompozitorlarining kamera vokal asarlari va xalq qoʻshiqlarini ijro etgan. Shashmaqom ijrochisi.


SSSR va Afgʻoniston, Indoneziya, Hindiston, Eron, Pokiston, Kanada, Avstraliya, Germaniya kabi davlatlarning koʻplab shaharlarida boʻlgan.


Oʻqituvchilik faoliyati bilan shugʻullangan. 1973—1981-yillarda Tojikiston SSR Davlat televideniye va radioeshittirish qo‘mitasining maqom ansambli ijrochilarining badiiy rahbari bo‘lgan. 1966-yildan — Taras Shevchenko nomidagi Dushanbe pedagogika instituti (hozirgi Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston davlat pedagogika universiteti) sanʼat fakulteti vokal kafedrasi mudiri, 1973-yildan — Mirzo Tursunzoda nomidagi Tojikiston davlat sanʼat instituti musiqa-pedagogika fakulteti musiqa taʼlimi kafedrasi mudiri (1977-yildan — professor), 1976-yildan — shu institutning vokal va opera fakulteti oʻqituvchisi.


„Tenor uchun turli janrdagi vokal asarlar“ („Xrestomatiya“, Dushanbe, 1976-yil) kitobi muallifi.


1990-yil 18-mayda Dushanbeda yurak xurujidan vafot etdi. Sari Oshiyo qabristoniga dafn etilgan.



Oilasi



3 o‘g‘il va 4 qiz, 22 nevara, 6 chevarasi bor.



Dramatik partiyalari



Asosiy partiyalari: Kavaradossi (J. Puchchini, „Toska“), Kanio (R. Leonkavallo, „Payatslar“), Xurshid, Modan (3. Shohidiy, „Dushanbalik qiz“, „Komde va Modan“), Rudakiy (Sh. Sayfiddinov, „Rudakiy“), Vodemon (P. Chaykovskiy, „Iolanta“) va boshqa „Samarqand Ushshogʻi“, „Dugoh“, „Qashqarchai Moʻgʻulchai Dugoh“, „Iroq“ va boshqa ashula yoʻllarining ham mohir ijrochisi. Oʻzbekistonda tojik adabiyoti va sanʼati dekadalari (1957, 1968), Xalqaro musiqashunoslik anjumanlari (Samarqand, 1978, 1983) konsertlarida qatnashgan.



Mukofotlari



Tojik SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1954), Tojik SSR xalq artisti (1957), SSSR xalq artisti (1971), Rudakiy nomidagi Tojikiston SSR Davlat mukofoti (1966), Lenin ordeni, Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1957),
„Shavkatli mehnat uchun“ medali (1954) kabi orden, medal va unvonlar sohibi.



Xotirasi



Dushanbe sanʼat kolleji xonandaning ismi bian nomlangan.



Adabiyotlar




Manbalar














uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Ahmad Boboqulov haqida aniq va to‘liq ma’lumot beradi olish uchun, uning kimligi, faoliyat sohasi yoki tarixiy konteksti haqida biroz qo‘shimcha ma'lumot kerak bo‘ladi. Ammo, umumiy qilib aytganda, Ahmad Boboqulov ismi O‘zbekistonda uchraydigan shaxs ismi bo‘lib, uning turli sohalarda, masalan, madaniyat, siyosat, ilm-fan yoki boshqa ijtimoiy sohalarda faoliyati bo‘lishi mumkin.

Agar siz Ahmad Boboqulov haqida aniqroq ma’lumot izlayotgan bo‘lsangiz, masalan, u qaysi sohada mashhur yoki qaerda faoliyat yuritadi, iltimos, shu haqida aniqlik kiritsangiz, men sizga yanada to‘liq va batafsil ma’lumot bera olaman.

Agar oddiy tarixiy yoki madaniy ma’lumot kerak bo‘lsa, farz qilaylik, u biror yozuvchi, tarixchi, siyosatchi yoki san’atkor bo‘lsa, uning hayoti, ijodi, asosiy ishlari va ijtimoiy ahamiyati haqida kengroq ma’lumot berish mumkin.

Shuningdek, agar Ahmad Boboqulov haqidagi ma’lumot kutubxonalar, internet manbalari yoki rasmiy saytlardan olinadigan bo‘lsa, u yerda uning biografiyasi, kasbiy faoliyati va yutuqlari haqida batafsil ma’lumot topish mumkin.

Sizdan ushbu shaxs haqida qaysi turdagi ma’lumot qiziqtirayotganini yoki uning qaysi sohada taniqli ekanligini bilish muhim. Shu asosda men sizga yanada aniq va to‘liq ma’lumot berishga harakat qilaman.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz