Ahmad Benali
Ahmad Benali (talaffuzi: Ahmad Benali) (1992-yil 7-fevralda tugʻilgan) — professional futbolchi. Ahmad Benali hozirgi kunda Italiya B seriyasining „Brescia“ klubida (hujumkor) markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Ahmad Benali Angliyada tugʻilgan, Liviyani xalqaro miqyosda himoya qiladi.
Klublardagi oʻyin faoliyati
Manchester City
Ahmad Benali oʻz faoliyatini "Manchester City" klubining yoshlar jamoasida 8 yoshida boshlagan va 17 yoshida oʻzining birinchi professional shartnomasini imzolagan. „Manchester City“ klubining yoshlar jamoasida boʻlganida Ahmad Benali jamoaga sardorlik qilgan.
2011-yilning 31-avgustida Ahmad Benali sobiq jamoadoshi David Ball bilan 2012-yilning 1-yanvariga qadar birinchi liga klubi „Rochdale“ jamoasiga ijaraga berildi. Bir oy davomida asosiy jamoada qatnashmaganidan soʻng, Ahmad Benali 2011-yil 4-oktyabrda „Rochdale“ klubidagi debyut oʻyiniini oʻtkazdi. Bu oʻyinda Ahmad Benalining jamoasi futbol ligasi kubogining ikkinchi bosqichida „Scunthorpe United“ klubiga qarshi 1:1 hisobida durang oʻynagan oʻyinda Ahmad Benali asosiy tarkibda maydonga tushdi va 72 daqiqa oʻynadi. Ahmad Benali oʻn bir kundan keyin 2011-yil 15-oktyabrda ligadagi debyutini oʻtkazdi va u yerda Ahmad Benalining jamoasi „ Colchester United“ klubi bilan 2:2 hisobida durang oʻynadi. Oʻyinda Ahmad Benali jamoadoshi Gary Jonesga assistentlik qildi. „Rochdale“ klubi uchun ikkita oʻyin oʻtkazgandan soʻng, Ahmad Benali „Manchester City“ klubiga 2011-yilning dekabr oyi oxirida qaytib keldi.
2011 —2012-yilgi mavsum oxirida Ahmad Benali „Manchester City“ klubi bilan shartnomasi tugaganidan keyin „Brescia“ klubiga oʻtdi.
Brescia
"Manchester City" klubidan ketganidan soʻng Ahmad Benali 2012-yilning yozida B Seriyaning „Brescia“ klubiga oʻtish uchun Italiyaga koʻchib oʻtdi.
Ahmad Benali Italiya kubogining 2- turida „Cremonese“ klubiga qarshi oʻyinda (2:1) „Brescia“ klubi tarkibida 77 daqiqa oʻynadi va mavsumdagi debyut oʻyinini oʻtkazdi. Ahmad Benali „Brescia“ klub jamoasi safida debyutini oʻtkazdi va keyin „Novara Calsio“ klubiga qarshi oʻyinda (4:2) 88-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Ahmad Benali „Brescia“ klubidagi birinchi mavsumida toʻqqizta oʻyinda maydonga tushdi.
2013 —2014-yilgi mavsumda Ahmad Benali klubdagi birinchi jamoaviy oʻrnini qaytarib olishga muvaffaq boʻldi va 2013-yil 19-oktyabrda „Cittadella“ klubi ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda Ahmad Benali oʻzining mavsumdagi ilk golini urdi. Keyin Ahmad Benali mavsumdagi ikkinchi golini 2013-yil 26-dekabrda „Juve Stabia“ klubiga qarshi o‘yinda (2:1 hisobida), uchinchi golini esa 2014-yil 29-martda „Siena“ klubiga qarshi o‘yinda (2:1) kiritdi. Ahmad Benali oʻzining toʻrtinchi golini 2014-yil 25-may kuni „Juve Stabia“ klubiga qarshi oʻyinda (4:1) (boshqa uchrashuvda) kiritdi. Ahmad Benali 2013-2014-yilgi mavsumda oʻttiz oltita oʻyinda maydonga tushdi va toʻqqiz marta gol urdi.
2014 —2015-yilgi mavsumni Ahmad Benali asosiy jamoa tarkibida boshladi va „Pro Vercelli“ klubi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda oʻzining mavsumdagi ilk golini urdi. Shundan soʻng,Ahmad Benali 2014-yil 28-oktyabrdan 2014-yil 6-noyabrgacha „Crotone“, „Trapani“ va „Pescara“ klublariga qarshi uchta oʻyinda uchta gol urdi. Ahmad Benali mavsum oxirida „Virtus Entella“, „Varese“, „Vichenza“, „Catania“ va „Bari“ klublariga qarshi oʻyinlarda yana beshta gol urdi. Uch marta diskalifikatsiya qilinganiga qaramay, Ahmad Benali 2014-2015-yilgi mavsumda oʻttiz oltita oʻyinda maydonga tushdi va toʻqqiz marta gol urdi.
2014 —2015-yilgi mavsum oxirida Ahmad Benali „Brescia“ klubi bilan shartnomasi tugashi kutilayotgandi. Shuning uchun Ahmad Benaliga „Inter“, „Sampdoria“, „Sassuolo“, „Chievo“, „Celtic“ va „Everton“ klublari qiziqish bildirgan edi.
Palermo
2015-yilning yozida, uch mavsum „Brescia“ klubida oʻynaganidan soʻng, Ahmad Benali A Seriyaning „Palermo“ klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzolab jamoa tarkibiga kiritildi.
Biroq, Ahmad Benali „Palermo“ klubining asosiy jamoasi uchun bir muddat kurash olib bordi va meneger Maurizio Zamparini tomonidan ijaraga olinishi kutilgan edi.
Pescara
"Palermo" klubiga qoʻshilganidan koʻp oʻtmay, Ahmad Benali 2015-yilning 29-avgustida 2015 —2016-yilgi mavsum oxirigacha „Pescara“ klubiga ijara shartnomasi asosida oʻtdi.
Ahmad Benali „Pescara“ klubidagi debyut oʻyinini mavsumning birinchi oʻyinida „Livorno“ klubiga qarshi oʻyinda (4:0) oʻtkazdi. Ahmad Benali „Pescara“ klubida asosiy jamoada oʻzini namoyon qildi va oʻzining birinchi „Pescara“ klubidagi golini 2015-yil 17-oktyabrda „Trapani“ klubi ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda kiritdi. Ahmad Benalining mavsumdagi ikkinchi goli 2016-yilning 24-yanvarida „Perugia“ klubiga qarshi o‘yinda (4:0) kiritildi. Shundan so‘ng Ahmad Benali 2016-yil 5-mart kuni jamoasining „Pro Vercelli“ klubiga qarshi o‘yinda 5:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan oʻyinida mavsumdagi uchinchi golini urdi. Biroq, Ahmad Benali 2016-yilning 2-aprelida „ Calsio Como“ klubi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonilgan o‘yinda maydondan chetlatilgan va natijada to‘rtta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan. Toʻrtta oʻyin oʻtkazgandan soʻng, Ahmad Benali asosiy jamoaga qaytdi va qaytganidan ikki hafta oʻtgach, 2016-yil 14-may kuni „Modena“ klubi ustidan 5:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda maydonga tushdi. Keyin Ahmad Benali B seriyaning pley-off mavsumidagi birinchi oʻyinida „Trapani“ klubi ustidan 2:0 hisobidagi gʻalaba qozonilgan oʻyinda klubi uchun muhim boʻlgan gʻalaba toʻpini kiritdi. Ahmad Benali 2015 —2016-yilgi mavsumni „Pescara“ klubida yakunlab, oʻttiz marta maydonga tushdi va besh marta gol urdi.
Avvalroq „Pescara“ klubiga doimiy ravishda qo‘shilish istagini bildirgan Ahmad Benali 2016-yilning 9-iyunida (klub A Seriyaga chiqqanidan ko‘p o‘tmay) „Pescara“ klubi bilan 2016 —2017-yilgi mavsum uchun doimiy ravishdagi shartnomani imzoladi va „Pescara“ klubida oʻninchi raqamli futbolka ostida faoliyatini davom ettirdi. Ahmad Benali A Seriyadagi ilk golini mavsumning birinchi oʻyinida „Napoli“ klubiga qarshi oʻyinda (2:2) kiritdi.
Crotone
Ahmad Benali „Crotone“ klubiga 2017 —2018-yilgi mavsum oxirida qoʻshildi. Qiziq voqealarga boy mavsum davomida „Crotone“ klubi ikki marta A Seriyaga koʻtarildi, lekin ikki marta quyi ligaga tushib ketdi. Ahmad Benalining 2022-yil yanvar oyida klubni tark etishiga murabbiy Francesco Modesto bilan kelishmovchilik sabab boʻldi. Klub murabbiyi „Crotone“ klubining yomon oʻyini uchun aybni klub sardori Ahmad Benali va yana bir katta futbolchi Salvatore Molina bilan bogʻladi.
"Pisa" klubiga ijara
2022-yil 26-yanvarda Ahmad Benali opsion va shartli sotib olish majburiyati bilan 2021 —2022-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida „Pisa“ klubi tarkibiga qoʻshildi.
"Brescia" klubiga qaytish
2022-yilning 26-avgustida Ahmad Benali „Brescia“ klubiga qaytdi.
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati
Ahmad Benali Angliyaning 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi bilan besh marta oʻynagan boʻlsa-da, Benali Liviya terma jamoasida oʻynashga sodiqligini eʼlon qildi. Ahmad Benali 2012-yil 23-may kuni Ruandaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Liviya terma jamoasi bilan debyut oʻyinini oʻtkazdi. 2019-yilning oktyabrigacha Ahmad Benali Liviya terma jamoasi sardori boʻlgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Shaxsiy hayoti
Angliyaning Manchester shahrida tugʻilgan Ahmad Benalining otasi liviyalik va onasi britaniyalik hisoblanadi. Ahmad Benali musulmondir. Ahmad Benalining Laylo ismli singlisi ham bor. Ahmad Benalining millatiga kelsak, u oʻzini liviyalikman deb hisoblaydi. Benalining toʻrt farzandi bor: bir qiz va uchta oʻgʻil.
Manbalar
uz.wikipedia.org