Ahmad Bag‘oviy





Ahmad Bagʻoviy (arabcha: احمد باغوي — Abu Jaʼfar Ahmad ibn Maniʼ ibn Abdurahmon Bagʻoviy) — Muhaddis.


Ahmad Bagʻoviy Xurosonning Bagʻshoʻr shahridan boʻlib, Bagʻoviy nisbati bilan tanilgan. U mufassir va muhaddis Abulqosim Abdulloh Bag‘oviyning ona tomondan bobosi boʻlgan.




Faoliyati



Ahmad Bagʻoviy koʻp hadislarni yod bilgani uchun "Hofiz" unvoniga sazovor boʻlgan. Keyinchalik ilmu maʼrifat markazi boʻlgan Bagʻdod shahriga kelgan. U umrining oxiriga qadar bu yerda qolib, hadis ilmidan saboq bergan. Ahmad Bagʻoviy Imom Buxoriyning ustozi boʻlgan. Imom Buxoriy ustozi Ahmad Bagʻoviy rivoyat qilgan hadislarni "sahih" ekanligini taʼkidlab, ularni asarlariga kiritgan. Allomalar Ahmad Bagʻoviyning ilm-salohiyati va qobiliyatini hanbaliya mazhabining asoschisi Ahmad ibn Hanbalga tenglashtirgan. Manbaʼlarda Ahmad Bagʻoviyning qirq yil davomida har uch kunda Qurʼoni karimni xatm qilgani, shuningdek, barcha daromadini ilm-fan uchun sarflagani qayd etilgan.



Ustozlari



U dastlabki taʼlimni Xurosondagi Soʻfyon ibn Uyaynadan olgan. Keyinchalik Abu Bakr ibn Ayyosh, Abdulloh ibn Muborak va Yazid ibn Horun kabi muhaddislardan hadis ilmining sir-asrorlarini oʻrgangan va hadislar rivoyat qilgan.



Shogirdlari



Ahmad Bagʻoviydan Imom Buxoriy, Ishoq Sogʻoniy, Ibn Huzayma va nabirasi Abulqosim Abdulloh Bagʻoviy kabi muhaddis va roviylar taʼlim olgan va hadis rivoyat qilgan.



Vafoti



Ahmad ibn Maniʼ 244/858-yil sakson toʻrt yoshida vafot etgan.



Asarlari



Ahmad ibn Maniʼning "Musnad" hadislar toʻplami boʻlgan.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Ahmad Bag‘oviy haqida ma’lumot berish uchun avvalo uning kimligi va faoliyati haqida aniq ma’lumot topish zarur. Afsuski, hozirda Ahmad Bag‘oviy haqida keng tarqalgan va ishonchli ma’lumot manbalari mavjud emas. U haqida yozilgan her qanday ma’lumot yoki tarixiy hujjatlar bo‘lsa, ular kamdan-kam uchraydi yoki mahalliy doiralarda cheklangan bo‘lishi mumkin.

Agar bu shaxs haqida qo‘shimcha ma’lumot yoki uning faoliyat sohasiga doir konteks taqdim qilsangiz, ya’ni u qaysi sohada mashhur (masalan, ilm, adabiyot, san’at, siyosat va boshqalar) yoki qaysi davrda yashaganligi haqida ma’lumot bersangiz, yordam berishim osonroq bo‘ladi.

Ayni paytda, agar Ahmad Bag‘oviy haqida aniq ma’lumot kerak bo‘lsa, sizga tavsiya qilamanki:

  1. Mahalliy kutubxonalar yoki arxivlarga murojaat qiling.
  2. O‘zbek tarixi, madaniyati va adabiyoti bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar yoki tarixchilarga so‘rov yuboring.
  3. Internetdagi ishonchli ilmiy va madaniy portallarni tekshiring.

Agar sizda Ahmad Bag‘oviy haqida qo‘shimcha tafsilotlar bo‘lsa, iltimos, ulashing, shunda men yanada aniqroq va kengroq ma’lumot taqdim eta olaman.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz