Ahmad as-Sobitiy





Ahmad Abdulloh ibn Sobit al-Buxoriy as-Sobitiy (Abu Nasr) - faqih, Buxoro ahlidan. Bag‘dodda yashagan. Fiqhni o‘rgangan va qimmatli maslahatlar bergan. Vafotiga qadar shofiʼiy fiqhini o‘rgangan. „Al-Mansur“ jome masjidida uning ikkita to‘garagi bo‘lgan. Abu Homid al-Isfiroʻiniydan shofiʼiy fiqhni o‘rgangan. Rivoyat aytishda yumshoq tabiati, mayin tovushi va o‘ziga xos mahorati bilan ajralib turgan. Milodiy 1057-yil (hijriy 449-yil rajab oyi)da vafot etgan va „Bobu Harb“ maqbarasiga dafn etilgan.



Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz