Ahmad ar-Riygʻazmuniy
Ahmad ibn Abdurrahmon ibn Isʼhoq ibn Ahmad ibn Abdulloh ar-Riyg‘azmuniy al-Buxoriy (Abu Nasr) milodiy taxminan 1023-yil (hijriy 414-yilning shavvol oyi)da tug‘ilib, 1100-yil (hijriy 493-yil ramazon oyi)da Buxoroda vafot etgan. „Al-Qoziy al-jamol“ nomi bilan mashhur qozi, fozil, oqil va saxovatli imom bo‘lgan. U o‘z davrida Buxoro ulamolari orasida eng peshqadam olim bo‘lib, qozilik qilgan va atrofidagilarga hadislar imlo qilgan, undan hadis ko‘chirganlar. U ulamolardan, undan esa boshqalar hadis rivoyat qilganlar.
Asari
Manbalar
uz.wikipedia.org