Ahmad an-Nasoiy
Ahmad ibn Sufyon an-Nasoiy , “al-Marvaziy” deb ham yuritiladi – muhaddis bo‘lgan. U Avn ibn Ammora va boshqalardan hadis rivoyat qilgan. Undan Imom an-Nasoiy, Imom al-Buxoriy, Muhammad ibn al-Musayyib al-Irg‘iyoniy hadis rivoyat qilganlar. Ahmad an-Nasoiy milodiy 870-yil (hijriy 256-yil)dan keyin vafot etgan. To vafot etguniga qadar o‘z umrini hadislarni to‘plash va tasnif qilishga bag‘ishlagan.
Manbalar
uz.wikipedia.org