Ahmad al-Yuzaviy
Ahmad ibn Muhammad ibn Ahmad ibn al-Munzir ibn Tamim ibn Sanjiy ibn Xo‘ja al-Yuzaviy — nasaflik hadisshunos. U Buxoro shayxlaridan hadis eshitgan va Buxoroda hadis rivoyat qilgan hamda u yerda hadis yozdirish uchun imlo majlisi uyushtirilgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilgan. Hijryi 417-yilning rajab oyida vafot etgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org