Ahmad al-Xuvayyu
Ahmad ibn al-Xalil ibn Saodat ibn Jaʼfar al-Xuvayyu, ash-shofiʼiy (Shamsuddin — Abul Abbos) — hikmat, tabobat, nahv, usul, kalom va fiqh ilmlarini yaxshi biladigan olim. Xuviyyuda milodiy 1187-yil (hijriy 583-yil)da tug‘ilib, milodiy 1240-yil (hijriy 637-yilning shaʼbon oyi)da Damashqda vafot etgan. Faxruddin ar-Roziydan aqliy bilimlarni, at-Tusiydan esa jadal ilmini o‘rgangan.
Ibn az-Zubaydiy, ibn as-Salohva boshqalardan hadis tinglagan. Shomda qozilik mahkamasini boshqargan.
Asarlari
Ahmad al-Xuvayyu nazmda ham ijod qilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org