Ahmad al-Shuqayriy





Ahmad Mazin al-Shuqayriy ( arabcha: أحمد مازن الشقيري; 1973-yil 6-iyunda Saudiya Arabistonining Jidda shahrida tugʻilgan), saudiyalik tashabbuskor va ommaviy axborot vositalari namoyondasi . U 2005 yildan 2015 yilgacha boʻlgan vaqtni qamrab olgan “Gʻoyalar” ("خواطر") dasturi bilan mashhur boʻlib, bu arab dunyosida, xususan Saudiya Arabistonida muhim tijorat muvaffaqiyati edi. U ijtimoiy tarmoqlarda sezilarli taʼsirga ega boʻlib, 18,2 million obunachiga ega (2019-yil oktyabr holatiga koʻra). Dunyodagi eng yaxshi 100 talikka kirganlardan. Shuningdek, 2015 yilda Twitterda esa Saudiya Arabistoni boʻyicha 1-oʻrinni egallagan.




Biografiya



Shaxsiy hayoti



Al-Shuqayriy Saudiya Arabistoni Qirolligining Jidda shahrida tugʻilgan va Jiddadagi Manarat oʻrta maktabini tugatib, Amerika Qoʻshma Shtatlarga koʻchib borgan va u yerda menejment tizimlari boʻyicha bakalavr darajasini va Kaliforniya shtati universiteti-Long-Bichda magistraturadarajasini oldi.


1996 yilda Saudiya Arabistoniga qaytib, otasining tijoratida ishlay boshladi.


Otasi Mazen al-Shuqayriy, onasi Affaf Ali. Ahmad al-Shuqayriy ikki marta turmush qurgan; birinchi turmush oʻrtogʻi Yasmin bilan ajrashgandan soʻng, u ikkinchi turmush oʻrtogʻi "G'oyalar" dasturining 5 va 6- mavsumidagi kostyumlar dizayneri boʻlgan Rola Dashishaga uylandi. Ularning Yusuf va Ibrohim ismli ikki o‘g‘li bor.






Mavqe



Media sohasidagi faoliyatini 2002-yilda “ Yalla ya Shabob” (“Keling, yigitlar”) “Agar u oramizda bo‘lganida” va ikkinchi ko‘rsatuvida “Shayx Hamza Yusuf bilan sayohat” dasturlarini MBC telekanalida boshlagan. U 2005 yildan 2015 yilgacha Ramazon oyida efirga uzatilgan “Gʻoyalar” teleko‘rsatuvining boshlovchisi boʻlgan. U 2015-yilda Shayx Muhammad bin Rashid al-Maktum bilim mukofoti 1 million AQSh dollarini qo‘lga kiritgan.


Uning koʻplab chop etilgan nashrlari boʻlib, ular:




Tanqidiy qabul



U BAAdagi Twenty Youth jurnali (20 yigitlar jurnali) uni arab dunyosidagi eng nufuzli jurnal sifatida oʻz roʻyxatida birinchi oʻringa olib chiqdi. Shuningdek, u Iordaniyada boʻlib oʻtgan 3-yoshlar media forumining “Eng yaxshi yoshlar mediasi” nominatsiyasida gʻolib chiqqan va Arabian Business jurnali tomonidan eʼlon qilingan soʻrov natijalariga koʻra arab dunyosidagi 500 ta eng nufuzli arab arboblari roʻyxatida 143-oʻrinni egallagan.



Havolalar




Adabiyotlar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz