Ahmad al-Marvaziy





Ahmad ibn Muhammad ibn al-Hajjoj al-Marvaziy (Abu Bakr) – hanbaliy mazhabidagi faqih va muhaddis bo‘lgan. Xudojo‘y va fozilligi uchun Ahmad ibn Hanbal bilan muloqotlarda bo‘lgan va uning eng yaqin safdoshlaridan hisoblangan. Ahmad ibn Hanbal unga yaxshi munosabatda bo‘lar va o‘ziga yaqin tutar edi. Ahmad ibn Hanbal vafot etganda, uni ko‘mish ishlarini bo‘yniga olgan va uni o‘zi yuvgan. U Ahmad ibn Hanbaldan ko‘plab masalalar va hadislarni rivoyat qilgan.


Ahmad al-Marvaziy Bag‘dodda hijriy 275-yilning jumodulavval oyida vafot etgan.



Asarlari




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz