Ahmad al-Kushoniy (Abu Nasr)
Ahmad ibn Muhammad ibn Humayd ibn Abdulloh ibn al-Ashʼasal-Kushoniy al-Qoziy — imom. Samarqandga kelib, „ad-Dor al-Juzjoniya“ ilm dargohida hadisdan dars bergan. U bir yuz-u yigirma yil umr ko‘rgan. Ahmad al-Kushoniyning ko‘z ko‘rishi g‘oyatda o‘tkir bo‘lgan. U qo‘lyozma asarlarni kechasi oyning yorug‘ida ham mutolaa qilaverardi. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar. Milodiy 1051-yil (hijriy 443-yil)da vafot etgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org