Ahmad al-Ajnasiy





Ahmad ibn Muhammad ibn al-Ajnas ibn Yusuf ibn Ayyub ibn Hishom ibn al-Fazl ibn al-Asad ibn Bushr ibn Umar al-Ajnasiy al-Buxoriy (Abu Muhammad) asli Buxoro ahlidan bo‘lgan. Iroqqa safar qilgan. Unda basralik va hijozlik olimlardan saboq olgan. Al-Ajnasiy azayimxonlik va sehrgarlikning sohibi hisoblangan. Uning bu xususdagi faoliyatidan ajoyibotlarni hikoya qiladilar. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar. Milodiy 902-yil (hijriy 290-yilning shaʼbon oyi)da vafot etgan.



Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz