Ahmad al-Afraxshiy
Ahmad ibn Muhammad ibn Ismoil ibn Isʼhoq ibn Ibrohim ibn Isroil ibn Mustaʼjir al-Afraxshiy al-Buxoriy (Abu Bakr) – raisu-l-ulamo va ularning peshvosi, kelib chiqish jihatidan esa Buxorolik bo‘lgan. “Ismoiliy” nomi bilan tanilgan. Ahmad al-Afraxshiy hijriy 301-yilda tug‘ilgan. U sakson to‘rt yil umr ko‘rgan va hijriy 384-yil ramazon oyida vafot etgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org