Ahmad Al Shugairi
Ahmad Mazin Alshugairi (arabcha:أحمد مازن الشقيري ) 1973-yilning 6-iyunida Saudiya Arabistonining Jidda shahrida tugʻilgan saudiyalik tashabbuskor va OAV namoyondasi. U 2005-yildan 2015-yilgacha boʻlgan vaqtni qamrab olgan “Goʻyalar” ("خواطر") dasturi bilan mashhur bo'lib, bu arab dunyosida, xususan Saudiya Arabistonida muhim tijorat muvaffaqiyati edi. U ijtimoiy tarmoqlarda sezilarli taʼsirga ega boʻlib, 18,2 million obunachiga ega (2019-yil oktyabr holatiga koʻra). Dunyodagi eng yaxshi 100 talikka kirganlardan. Shuningdek, u 2015-yilda Twitterda Saudiya Arabistoni boʻyicha 1-oʻrinni egallagan.
Tarjimai holi
Shaxsiy hayoti
Alshugairi Saudiya Arabistoni Qirolligining Jidda shahrida tugʻilgan va Jiddadagi Manarat oʻrta maktabini tugatib, AQShga koʻchib borgan va u yerda menejment tizimlari boʻyicha bakalavr darajasini va Kaliforniya shtati universiteti-Long-Bichda magistratura darajasini oldi.
1996-yilda Saudiya Arabistoniga qaytib, otasining tijoratida ishlay boshladi.
Otasi Mazen Alshugairi, onasi Affaf Ali. Ahmad Alshugairi 2 marta turmush qurgan; 1-turmush oʻrtogʻi Yasmin bilan ajrashgandan soʻng, u 2-turmush oʻrtogʻi, "Gʻoyalar" dasturining 5 va 6- mavsumidagi kostyumlar dizayneri boʻlgan Rola Dashishaga uylandi. Ularning Yusuf va Ibrohim ismli ikki o‘g‘li bor.
Mehnat faoliyati
Media sohasidagi faoliyatini 2002-yilda “Yalla ya Shabob” (“Keling, yigitlar”), “Agar u oramizda bo‘lganida” va “Shayx Hamza Yusuf bilan sayohat” kabi dasturlari bilan MBC telekanalida boshlagan. U 2005-yildan 2015-yilgacha Ramazon oyida efirga uzatilgan “Gʻoyalar” teleko‘rsatuvining boshlovchisi boʻlgan. U 2015-yilda Shayx Muhammad bin Rashid al-Maktum bilim mukofoti 1 million AQSh dollarini qo‘lga kiritgan.
Uning koʻplab chop etilgan nashrlari boʻlib, ular:
Havolalar
Manbalar
uz.wikipedia.org