Ahmad Abdullayev





Ahmad Abdullayev  — filologiya fanlari doktori. Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tugʻilgan. Tojikiston Fanlar akademiyasining Rudakiy nomidagi til va adabiyot instituti professori.




Hayoti



Ahmad Abdullayev 1936-yil 15-martida Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Bibishir uchastkasida tugʻilgan.



Taʼlimi



1953-yil Ahmad Maksim Gorkiy nomidagi oʻrta maktabni tugatadi. Keyinchalik esa Dushanbega boradi va u yerda T.Shevchenko nomli Tojikiston davlat pedagogika institutining filologiya fakuktetiga oʻqishga kiradi. Oʻqishni tugatgach 1957-yildan 1959-yilga qadar Boysun tumanidagi oʻzi taʼlim olgan Maksim Gorkiy nomli maktabda avval ilmiy boʻlim mudiri lavozimida faoliyat yuritadi. Soʻnggi ikki yilda esa oʻqtuvchi sifatida faoliyat yuritadi.


1959-yil Tojikiston Fanlar akademiyasi qoshidagi aspiranturaga oʻqishga kiradi va „Adib Sobir Termiziy Hayoti va ijodiyoti“ mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi bilan shugʻullanadi.



Faoliyati



Ahmad Abdullayev 1963-yilda Tojikiston Fanlar akademiyasining Rudakiy nomidagi til va adabiyot institutida ish faoliyati boshlagan. Shu yerda yuzdan ortiq ilmiy ishlar qilgan va fors-tojik adabiyoti tarixiga aloqador bir necha oʻnlab maqolalari oʻzbek, rus va tojik tillaridagi gazetalarda chop etilgan.



Asarlari



Ahmad Abdullayevning 3 ta monografik asari mavjud. Bular: „Adib Sobir Termiziy hayoti va ijodiyoti“, „Zohid Faryobiy hayoti va ijodiyoti“. „Fors-tojik adabiyoti XI asrning birinchi yarmida“ nomli kitoblaridir. Shuningdek, uning fors-tojik tilidagi maqolalari „Sadoi sharq“, „Axborot“, „Pomir“ va „Sovet maktabi“ jurnallarida bosib chiqilgan. Adib tomonidan 165-yilda Sobir Termiziyning asarlari toʻplanib Tojikistonda bosmadan chiqarilgan.


2003-yilda Ahmad Abdullayevning oʻzbek tilidagi „Adib Sobir termiziy“ nomli kitobi oʻzbek tilida bosmadan chiqdi



Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz