Ahliddin Isroilov





Ahliddin Shukurovich Isroilov (1994-yil 16-sentyabrda tugʻilgan, Qora-Suv, Oʻsh viloyatida tavallud topgan) — qirgʻizistonlik futbolchi, Hozrida "Neftchi" klubi va Qirgʻiziston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi sifatida toʻp suradi.




Klub faoliyati




Ahliddin futboldagi faoliyatini „Abdysh-Ota“ klubi akademiyasida oʻqish bilan boshlagan.


2008-yil boshida Rossiyadagi yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi oʻtkazilgan turnirida 13 yoshli futbolchi Kiyevning "Dinamo" jamoasining eʼtiboriga tushadi va uni oʻz akademiya maktabiga olib ketdi. 2008-yildan 2011-yilgacha u Oʻsmirlar chempionatida Kiyevning „Dinamo“ jamoasining yoshlar klubida toʻp surgan. Yoshlar oʻrtasidagi turnirlarda bir necha bor eng yaxshi futbolchi yoki hujumchi sifatida tan olingan. 2008/09-yilgi mavsumning oʻsmirlar chempionatida (U-15) eng yaxshi hujumchisi deb tan olindi.


Isroilov 2012-yilning yozidan „Dinamo-2“ farm jamoasi tarkibiga qoʻshildi. Ahliddin „Dinamo“ning ikkinchi jamoasidagi debyutini 2012-yil 15-oktyabrda „Nikolaev“ klubiga qarshi oʻyinda kiyevliklarning 1:2 hisobida magʻlubiyati bilan yakunlangan oʻyinda oʻtkazgan edi. 2013-yil 2-may kuni Isroilov „Odessa“ jamoasiga qarshi oʻyinda ikkita gol urdi va kiyevliklar 3:0 hisobida gʻalaba qozonishdi. Isroilov jamosi bilan mavsum yakunida musoboqada oʻz oʻrnini saqlab qolish uchun pley-off bosqichida ikkala oʻyinini ham Sverdlovskning „Shaxtyor“ klubiiga qarshi oʻtkazdi. U 2016-yil iyun oyida jamoa faoliyatini tugatgunga qadar Dinamoning ikkinchi jamoasida oʻynadi. 2016-yilning 20-iyulida u Ukraina birinchi ligasi yetakchi jamoalaridan biri „Cherkasy Dnepr“ klubi bilan shartnoma imzoladi. „Cherkasy“ jamoasi tarkibida u birinchi liga turnirida 7 ta oʻyin oʻtkazib, „Gornyak-Sport“ jamoasiga gol urdi, shuningdek, „Cherkasy Dnepr“ jamoasi bilan Ukraina kubogida 1 ta oʻyinida qatnashib, gʻalaba golini kiritdi. 2017-yilning aprelida klub bilan oʻzaro kelishuvga koʻra u shartnomani bekor qilgan, shundan soʻng yozgi transfer oyigacha oʻyin oʻtkazmadi. Oʻsha yilning oktabr oyidagina Isroilov Hindiston chempionatining ikkinchi divizionida toʻp surayotgan „Nerok“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2019-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasi vakili Andijonning „Andijon“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Andijon jamoasidagi raqobat tufayli asosiy tarkibda kam maydongga tushdi va yozgi transfer oynasida jamoani tark etdi.



Terma jamoa



2014—2016-yillar oraligʻida Isroilov Qirgʻiziston yoshlar terma jamoasida bir necha uchrashuvlarda oʻynagan.


2013-yilning 11-oktabr kuni 19 yoshli Isroilov Qirg‘iziston terma jamoasida Quvayt terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilib, jamoasining yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozonishiga yordam berdi. Ahliddin 68 daqiqani maydonda oʻtkazib, asosiy tarkibda maydonga tushdi, oʻyin davomida uning oʻrniga Ilgar Nabiyev tushdi. Tojikiston terma jamoasi bilan navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida u debyut golini kiritdi. Quvaytga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida u ikkinchi golni urdi, oʻyin 2:2 hisobida yakunlandi.


Osiyo Kubogi-2019 uchun terma jamoaga qaydnomasidan oʻrin olgan. 7-yanvar kuni Qirgʻiziston terma jamoasining Osiyo kubogida Xitoyga qarshi oʻyindagi ilk golini kiritdi. Turnirda u jamoasining barcha toʻrtta uchrashuvida qatnashib, bitta gol muallifiga aylandi.



Manbalar




Havolalar










uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz