Ahli haq




Ahli haq (fors, arab. — „haqiqat kishilari“) — Eron va unga qoʻshni mamlakatlarda tarqalgan shialarning yashirin jamoasi. Eronlik shialar Ahli haq tarafdorlarini „aliilohiylar“ deb ataydilar. Bu jamoa taxminan 14-asrda vu-judga kelgan. Gʻarbiy Eron va Sharqiy Turkiyaga, keyinchalik Afgʻoniston, Iroq, Suriya, Ozarbayjonning janubi-ga yoyilgan. Ahli haq Ali azaldan ilohiy va u Odamatodan to Muhammad (sav)ga qadar boʻlgan paygʻambarlarda, shia imomlari va kelajak mahdiyda mujassamla-nadi, deb hisoblaydilar. Ahli haq jannat va doʻzaxni inkor etib, jonning yangicha shaklga kirishiga ishonadilar. Ular dar-vishlarga oʻxshab jazavaga tushadilar. Hozirgi vaqtda Ahli haq Turkiyada shialarning taxminan 90%ini, Afgʻonistonda 15%dan ortigʻini, Eronda 8%ga yaqinini tashkil qiladi.



Adabiyotlar



















uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz