Ahlat Ağacı




Ahlat Ağacı (Yovvoyi nok) — 2018-yilda rejissyor Nuri Bilge Ceylan tomonidan suratga olingan badiiy drama film. Nuri Bilge Ceylan film ssenariysini rafiqasi Ebru Ceylan va Akin Aksu bilan birga yozgan. 71-Kann kinofestivalida namoyish etilgan. Filmda bosh rollarini Aydin Doğu Demirkol, Murat Cemcir va Bennu Yıldırımlar ijro etgan.


Film, Oscar mukofotining Chet tilidagi eng yaxshi film nominatsiyasida Turkiya nomzodi sifatida koʻrsatildi. Biroq u nomzod sifatida ishtirok etmadi.




Mazmuni



Ahlat Ağacı oʻz shahriga qaytib, oʻzi yozgan kitobini chop etish uchun pul yigʻmoqchi boʻlgan, lekin otasining qarzlariga duch kelgan yigitning hikoyasidir.


Sinan universitetni endigina tamomlagan umidli yozuvchi. Oʻzining tugʻilgan shahri Changa qaytib, u „avtofantastik meta-roman“ deb atagan narsani nashr etish uchun mablagʻ topishga kirishadi. Lekin atrofidagilar bunga qiziqmasligini tushunadi. Bundan tashqari u otasi Idrisning qimor oʻyinlariga moyilligi oilasining obroʻsi va farovonligini pasaytirganini tushunadi. U oʻzining kelajagi haqida qaygʻuradi va ushbu qishloq joyida ijtimoiy jihatdan yakkalanib qoladi. U shahar boʻylab sayohat qilar ekan, ikki imom va yozuvchining mahalliy aholi bilan zamonaviy dunyoda dinning oʻrni haqidagi bir qator qizgʻin bahslarga aralashadi.


Oxir-oqibat u otasining qimor oʻyinlaridan qattiq jirkana boshlaydi. Otasi uning pullarini oʻgʻirlayotgani haqida gumonga boradi. Sinan kitobini chop etish uchun otasining suyukli itini sotadi. Keyin u harbiy xizmatga joʻnab ketadi. Qaytib kelgach otasi oilani tashlab, qishloqdagi fermada yashayotganini koʻradi. Ikkisi samimiy suhbatlashishadi. Idris koʻp vaqtini oladigan choʻl yerda quduq qazishdan voz kechganini, Sinanning kitobini oʻqib zavqlanganini aytadi. Surreal sahnada Sinan quduqqa oʻzini osib qoʻygandek koʻrinadi, ammo bu sahna kutilmaganda Idrisning uygʻonishi bilan toʻxtatiladi. Oʻgʻlining qayerda ekanligiga qarab, Idris Sinan quduq oxirini qazishni davom ettirayotganini koʻradi.



Rollarda




Rollarda




Ishlab chiqarish



Filmning nomi ilk bor 2016-yil sentyabr oyi oxirida eʼlon qilingan. Bundan tashqari, filmga Arte France Cinema instituti tomonidan moliyaviy yordam koʻrsatildi. Rejissor Nuri Bilge Ceylan, "Istasak ham, xohlamasak ham baʼzi xususiyatlarimizni otalarimizdan meros qilib oldik. Bular bizning zaif tomonlarimiz, odatlarimiz va boshqalar. Filmda biz bir qator ogʻriqli tajribalar orqali bir xil taqdirni baham koʻrgan otalar va oʻgʻillarning yaratgan ayovsiz doirasini tasvirlaymiz, " degan edi.


Madaniyat va turizm vazirligining 2 million liralik yordami bilan Ahlat Ağacı vazirlik tomonidan eng koʻp qoʻllab-quvvatlangan film boʻldi. Avvalroq Nuri Bilge Ceylanning „Qish uyqusi“ filmiga vazirlik tomonidan 750 ming liralik yordam berilgan edi, bu esa hozirgacha berilgan eng katta yordam.



Mukofotlar




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz