Ahir geveni




Ahir geveni yoki uning ilmiy nomi Astragalus kurdicus , astragaluslar turkumining bir turi. Bu koʻp yillik buta, endemik oʻsimlik boʻlib, faqatgina Turkiya va Suriyada uchraydi. Turkiyada 1400-2900 m balandlikdagi qoyali yonbagʻirlar koʻproq uchrash joyi hisoblanadi. Balandligi taxminan 10-20 cm yetishi mumkin. Pushti yoki binafsha gullari bor, yozda gullaydi. Bu germafrodit oʻsimlik boʻlib, uni asalarilar, kuya va kapalaklar changlatishi mumkin.


Oʻsimlik havoning erkin azotini tozalaydi, soyada umuman oʻsmaydi. Qandolatchilikda quyuqlashtiruvchi sifatida ishlatiladigan oʻsimlikdan tragakant deb ataladigan saqich olinadi.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz