Agustín Canobbio




Agustín Canobbio Graviz (talaffuzi: Agustin Kanobbio Gravis; 1998-yil 1-oktyabrda Montevideoda tugʻilgan) — urugvaylik futbolchi, „Athletico Paranaense“ futbol klubi va Urugvay terma jamoasi yarim himoyachisi.



Klublardagi faoliyati



Agustín Canobbio poytaxtning „Fenix“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2016-yil 30-avgustda „Cerro“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Urugvay premyer ligasida debyut qilgan. Agustín Canobbio „Fenix“ utbol klubis afida gibirinchi golini 2017-yil 8-aprelda „Boston River“ futbol klubiga qarshi oʻyinda kiritgan.


2018-yil boshida Agustín Canobbio „Peñarol“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 27-yanvar kuni Urugvay Superkubogida „Peñarol“ futbol klubi safida „Nacional“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Agustín Canobbio asosiy jamoada debyut qilgan va yangi jamoasi tarkibida birinchi kubogini qoʻlga kiritgan. 21-mart kuni „Cerro“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Agustín Canobbio „Peñarol“ safida birinchi golini urgan.



Xalqaro faoliyati



2017-yilda Agustín Canobbio Urugvay yoshlar terma jamoasi tarkibida Ekvadorda oʻtkazilgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida gʻolib chiqgan. Turnirda Agustín Canobbio Peru, Boliviya, Kolumbiya, Braziliya, Ekvador, Venesuela va ikki marta Argentina jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.


Oʻsha yili Agustín Canobbio Koreya Respublikasida boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Agustín Canobbio Yaponiya, Janubiy Afrika, Saudiya Arabistoni, Portugaliya, Venesuela va ikki marta Italiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.


Agustín Canobbio 2022-yilning 27- yanvarida Paragvayga qarshi JCh-2022 saralash oʻyinida terma jamoaning asosiy tarkibida debyut qilgan. Urugvay mehmonda 1:0 hisobida gʻalaba qozongan.



Statistikasi




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz