Agui (Aichi)
Agui (yaponcha: 阿久比町 Agui-chō?) Yaponiyadagi Aichi prefekturasining Chita okrugida joylashgan shaharcha hisoblanadi. 2019-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, shaharchada 10682 xonadonda 28291 nafar aholi istiqomat qiladi va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 1189 nafarni tashkil etadi. Shaharning umumiy maydoni 23,80 kvadrat kilometr (9,19 mi²) ga teng.
Geografiyasi
Agui Aichi prefekturasi janubidagi Chita yarim orolining shimoli-gʻarbiy qismidagi ichki hududda joylashgan. Nagoya markazidan avtomobil yoki tezyurar poezdda taxminan 30 daqiqalik yoʻl mavjud. shaharchadagi eng baland nuqta dengiz sathidan 74,7 m balandlikda oʻrnashgan.
Qoʻshni munitsipalitetlar
Aichi prefekturasi
Demografiyasi
Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Agui aholisi soni soʻnggi 50 yil ichida nisbatan barqaror boʻlgan.
Iqlimi
Shahar issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Aguida oʻrtacha yillik harorat 15,5 °C ni tashkil etadi.
Tarixi
Agui nomi juda qadimiy boʻlib, Asuka va Nara davri yozuvlarida uchraydi. Muromachi davrida bu hudud Hisamatsu sulolasining hududi boʻlib, keyinchalik Oda Nobunaga nazorati ostida boʻlgan. Agui qishlogʻi 1889-yil oktyabr oyida zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan va 1953-yil 1-yanvarda shaharchaga aylantirildi.
Iqtisodiyoti
Agui asosan qishloq xoʻjaligi markazi boʻlib, Nagoya shahri uchun yotoqxona jamoasi vazifasni ham bajarmoqda.
Taʼlim tizimi
Aguida shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat boshlangʻich maktabi va bitta davlat oʻrta maktabi hamda Aichi prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi faoliyat yuritadi. Shuningdek, Sport tibbiyoti va fanlari instituti ham Agui shahrida joylashgan.
Transport
Temir yoʻl
Meitetsu — Kova liniyasi
Magistral yoʻl
Agui shaharchasiga hech qanday milliy avtomagistrallar xizmat koʻrsatmaydi.
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
Galereya
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org