Aguapanela
Aguapanela (ispancha Aguapanela soʻzidan olingan) — Janubiy Amerika, Markaziy Amerika va Karib dengizi baʼzi hududlarida keng tarqalgan ichimlik turi. Ichimlikning nomi „panel suvi“ degan maʼnoni anglatadi, chunki u paneldan tayyorlangan (Panela yoki rapadura - bu Markaziy va Lotin Amerikada yetishtiriladigan, tozalanmagan, briketlangan shakarqamish. Har qanday shakarqamish shakar singari saxarozaning qattiq shakli).
Ichimlikning nomi „panel suvi“ degan maʼnoni anglatadi, chunki u paneldan tayyorlangan (Panela yoki rapadura - bu Markaziy va Lotin Amerikada yetishtiriladigan, tozalanmagan, briketlangan shakarqamish. Har qanday shakarqamish shakar singari saxarozaning qattiq shakli).
Tayyorlanishi
Aguapanela ichimligi issiq suvga panela boʻlaklarini qoʻshib, ular toʻliq eriguniga qadar aralashtirib tayyorlanadi. Ichimlikni issiq yoki sovutilgan holda dasturxonga tortish mumkin. Koʻpincha limon yoki laym oʻsimligi bilan ham tayyorlanadi. Issiq boʻlsa, baʼzan sut qoʻshiladi yoki oddiy suv oʻrniga issiq sut bilan suyultiriladi.
Aguapanelaning paydo boʻlishi panelning oddiy shakarga, hatto shakarqamishga qaraganda ancha boy va mazzali taʼmga ega ekanligi bilan bogʻliq.
Biroq, aguapanela, shuningdek, qahva kabi boshqa ichimliklar uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Ushbu ichimlikning kanelazo (ispancha: Canelazo) deb ataladigan alkogolli turi ham mavjud boʻlib, unga dolchin va aguardente qamish arogʻi qoʻshiladi. Ammo bir xil shakarqamishdan foydalaniladi.
Tarqatish
Bugungi kunda Kolumbiya aholi jon boshiga panela ishlab chiqarish va isteʼmol qilish boʻyicha dunyoda yetakchi oʻrinda turadi. Uning katta qismini aholi aguapanela ichimligi koʻrinishida isteʼmol qiladi. Shu sabab ushbu ichimlikni deyarli hamma joyda yaʼni, qishloq joylaridan tortib, metropoliten, mashhur magazin va kafelarda ham uchratish mumkin.
Aguapanela shuningdek, Ekvador, Chili, Peru, Kosta-Rika („agua dulce“ — „chuchuk suv“ nomi bilan) singari boshqa mamlakatlarda ham uchraydi.
Foydali xususiyatlarsh
Aguapanela turli xil foydali xususiyatlarga ega degan eʼtiqodlar mavjud, ammo fan tomonidan tasdiqlanmagan.
Manbalar
uz.wikipedia.org