AGTELEK
AGTELEK (Baradla-Domisa) — Yevropadagi eng yirik karst g’orlaridan biri, Slovakiya Krasi (ohaktoshli plato) da joylashgan. G’orga Slovakiya tomondan ham (nomi — Domisa), Vengriya tomonidan ham (Baradla) kiriladi. Umumiy uzunligi 25 kilometr chamasida (shundan 15 kilometr Vengriyada). Ko’p sonli yer osti zallarida stalaktit va stalagmitlar, ko’llar, yer osti daryolari (Stiks, Axeron) bor. G’or turistlar ziyorati uchun jihozlangan. Agtelekda sanatoriy, kontsert zali ishlab turipti.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz