AGROMETEOROLOGIK BYULLETEN — agrometeorologik sharoitlar taxlil qilingan axborotning asosiy shakli. Har o’n kunlikda Gidrometeorologiya markazi tomonidan nashr qilinadi. Agrometeorologik byulleten quyidagi bo’limlardan iborat: 1) o’n kunlikning gidrometeorologik xususiyatlari (havo va tuproq harorati, yog’inlar, shamolning yunalishi va tezligi va hokazo); bunda o’simlikning o’sishi va rivojlanishiga qulay yoki noqulay sharoitlar — qorasovuq, garmsel, sho’zonli bo’ron va hokazolar alohida qayd qilinadi; 2) ekinlarning o’sishi va rivojlanishi hamda mollarni o’tlatishning agrometeorologik sharoitlari. Bu bulimda asosiy qishloq xo’jalik ekinlari (ayniqsa, g’o’za) ning rivojlanish sur’atlari, ularning namlik bilan ta’minlanganlik darajasi tahlil qilinadi, ekinzorlar holatiga baho beriladi. Agrometeorologik byulleten O’zbekistonda 1927 yildan boshlab nashr etiladi. 1930 yildan muntazam chiqarila boshladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish