Agrokimyo laboratoriyasi




Agrokimyo laboratoriyasi  — 1) oʻsimlik, tuproq, oʻgʻit, zaharli ki-myoviy moddalar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, yem-xashak va boshqalarni tahlil qilish yoki agro-kimyodan oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish uchun maxsus jihozlangan xona (bino); 2) agrokimyo boʻyicha maxsus tadqiqotlar oʻtkazadigan korxona, tashkilot yoki uning maxsus boʻlimi. Oʻzbekistonda oʻquv (oʻquv yurtlarida); ilmiy tadqiqot (in-tlar va boshqalarda), agrokimyo xizmati tizimiga kiruvchi ishlab chiqarish Agrokimyo laboratoriyasilari mavjud. Ishlab chiqarish Agrokimyo laboratoriyasi lariga rahbarlikni Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar markazi olib boradi. Agrokimyo laboratoriyasilari oʻz zonasidagi xoʻjaliklarni agrokimyoviy xaritagram-malar va oʻgʻitlarni qoʻllash boʻyicha tavsiyanomalar bilan taʼminlaydi. Agrokimyo laboratoriyasi har xil tabiiy zonalar tuprogʻi uchun mos oʻgʻitlar va ularning optimal ulushlarini aniqlash maqsadida dala tajri-balari oʻtkazadi; yem-xashak sifatini yaxshilash va chorva mollarini ratsional oziqlantirishda tavsiyanomalar tuzish uchun oʻsimliklarni tahlil qiladi, mi-neral va mahalliy oʻgʻitlarning sifatini nazorat qilish maqsadida ularni tek-shirishdan oʻtkazadi. Dala tajribalari, oʻsimlik va tuproq tahlili natijalari-159ga asosan xizmat koʻrsatayotgan zonadagi tuproq oziq moddalari balansini, har xil xoʻjaliklarda va almashlab ekish da-lalarida tuproq sharoitlari hamda ekin turiga qarab oʻgʻitlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlaydi, agrokimyoviy xaritagrammalar tuzadi. Agrokimyo laboratoriyasi ishlab chiqarishida ki-myoviy vositalarni qoʻllash masalalari yuzasidan targʻibot va tushuntirish ishlari olib boriladi.



Adabiyotlar



















uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz