Agroiqlimshunoslik




Agroiqlimshunoslik  — qishloq xoʻjaligi meteorologiyasining iqlim sharoitlarini qishloq xoʻjaligi ob’ektlari va jarayonlari bilan bogʻlanishda oʻrganadigan sohasi. Tuproq unumdorligi, quruqlikdagi suv resurslari va oʻsimlik dunyosi koʻp jihatdan iqlimga bogʻliq. A.ning asosiy vazi-falari: iqlimni qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi omili sifatida oʻrganish, iqlimni qishloq xoʻjaligi nuqtai nazaridan baholash, hududni agroiqlimiy rayonlashtirish, qishloq xoʻjaligi ish-lab chiqarishini oqilona joylashtirish maqsadlarida turli iqlim sharoitlarida agrotexnika tadbirlari oʻtkazishni asoslash va boshqa Iqlimning oʻsimlik va hayvonot uchun zarur boʻlgan yorugʻlik, issiqlik va namlik kabi birinchi dara-jali omillari — shamol, bulut, tuproq va atmosfera qurgʻoqchiligi, toʻzonlar kabi ikkinchi darajali omillar bilan birgalikda oʻrganiladi. Asosiy iqyaim omillarini ekinlarning oʻsishi, rivo-ji, hosildorligiga taʼsirini oʻrganish amaliy ahamiyatga ega. Oʻsimlik va iqlim omillari oʻrtasidagi miqdoriy bogʻlanishlar agroiqlimiy koʻrsatkichlar (oʻsimlikning vegetatsiya davrida issiqyaikka boʻlgan ehtiyojini ifoda-lovchi samarador harorat yigʻindisi, moʻljallangan hosilni yetishtirish uchun zarur nam miqdori va boshqalar) deb ataladi. Sugʻoriladigan zonalar uchun qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarining issiqlik, yogʻingarchilik, tuproq nam zaxirasi bilan taʼminlanganligi, ayrim hududlarning fizik-geografik xususiyatlarini eʼ-tiborga olib sovuqsiz davr davomiyligi, qorasovuqlarning takrorlanishi va sh.k.ni hisoblash usullari ishlab chiqilgan. A. tadqiqotlari ekinlarning nav xususiyatlarini hisobga olgan holda iqlim ji-hatlaridan oqilona joylash-tirishga imkon beradi. Oʻzbekistonda agroiqlimiy tadqiqotlar V. A. Bugayev nomidagi Oʻrta Osiyo gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot institutida olib boriladi. A. sohasidagi tadqiqotlar asosida Jahon agroiqlimiy atlasi (1972) nashr etilgan, Oʻzbekistonning agroiqlimiy ray-onlashtirish xaritasi tuzilgan (1982).Ad.: Babushkin L. N., Agroklimati-cheskoye rayonirovaniye xlopkovoy zoni Sredney Azii, L., 1960; Chirkov Yu. I., Osnovi agrometeorologii, L., 1988.Fotih Moʻminov.



Adabiyotlar



















uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz