Agrofirma




Agrofirma  — mahsulot ishlab chiqarish, uni qayta ishlash va sotish, xizmat koʻrsatish tizimidagi korxonalarni yagona boshqaruv asosida birlash-tirgan agrosanoat korxonasi. A. qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ish-lash va yetkazib berish jarayonlaridagi barcha ishlarni yaxlit tizim orqali oʻz vaqtida muvofiqlashtirish, mehnat unumdorligini koʻtarish, xom ashyo no-budgarchiligini kamaytirish, shuningdek koʻrilgan foyda hisobidan yirik investitsiyalarni amalga oshirish hamda foydani A. tarkibidagi korxonalar oʻrtasida taqsimlashga imkoniyat yaratadi. A. mahalliy resurslardan unumli foydalanishni taʼminlaydi, uning tar-kibiga yordamchi tarmoqlar va kichik kor-xonalar ham kirishi mumkin. Oʻzbekistonda xukumat farmoyishi bilan keyingi yillarda „Beshariq“ (Fargʻona viloyati), „Oqoltin“ (Sirdaryo viloyati), „Romitan“ (Buxoro viloyati) va boshqa A.lar tashkil etildi.



Adabiyotlar



















uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz