Agrippina Shin
Agrepina Vasilyevna Shin (1958-yil 29-dekabr, Sirdaryo viloyati) — oʻzbekistonlik davlat arbobi. 2017-yil 19-oktyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri.
Biografiya
Taʼlim
1980-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini (hozirgi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) tamomlagan.
1980-1986 — Toshkent elektrotexnika aloqa instituti ilmiy-tadqiqot laboratoriya katta muhandisi, 1987—1993-yillarda Toshkent shahridagi 4-hunar texnika bilim yurtining ishlab chiqarish taʼlimi ustasi, 1993—2001-yillarda Toshkent shahridagi 4-hunar texnika bilim yurtining oʻquv-ishlab chiqarish ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, 2001—2017-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji direktori vazifalarida ishlagan.
2017-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, 2015-2019 — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi.
Matbuot eʼtibori
Agrippina Shinning 2022-yil 19-avgust kuni OAV xodimining „ Maktabgacha ta`lim vaziri Agreppina Shin ayollar eng kam maosh oladigan tarmoq vaziri sifatida O`zbekistondagi gender tengligiga qanday baho beradi?“ savolini eʼtiborsiz qoldirishi internetda keng muhokamalarga sabab boʻldi
Mukofotlari
Agrippina Shin 2020-yilda Janubiy Koreyaning „Diplomatik xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan
Manbalar
uz.wikipedia.org