Agra





Agra  — Hindistonning shimolidagi shahar, Uttar-Pradesh shtatida, Jamna (Yamuna) daryosining oʻng sohilida. Aholisi 899 ming kishi (1991). Yirik temir yoʻl tuguni. Agra — Bombay avtomagistralining oxirgi manzili. A. 16 — 19-asrlarda Boburiylar qarorgohi (poy-taxti) boʻlgan, ayniqsa Akbar va Shoh Jahon davrida ravnaq topgan (16 — 17-asrlar). A.da 16 — 17-asrlarga doir musul-mon meʼmorchiligining ajoyib yodgorliklari saqlanib qolgan. „Agra-Fort“ (16-asr) qasri va uning ichida „Marvarid mayejid“ (17-asr), bir qancha saroylar bor. A. ya kip i da Shoh Jahon va uning xotini (Mumtoz Mahal) maqbarasi — Tojmahal joylashgan (17-asr oʻrtalarida qurilgan). Tojmahal Sharq meʼmorchili-gining ajoyib namunasidir. Jome mas-jid (1628), Eʼtimod ud-Davla maqbarasi (1628) kabilar jahon meʼmorchiligi durdonalaridan hisoblanadi. Bularni qurishda hind ustalari bilan birga Buxoro va Samarqand ustalari ham qatnashgan. 19 — 20-asrlarda A. qayta tiklandi. Shahar tashqarisidagi bogʻda alohida ansamblni tashkil etgan universitet binosi (1927) Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslu-bida qurilgan. A. binolari marmarga ishlangan oʻyma va qadama naqshlari, fil suyagidan ishlangan buyumlari bilan mashhur. A. sanoati asosan koʻn poyabzal, oziq-ovqat, qogʻoz, oynashisha korxonalari, Hindistonning shimolidagi eng yirik „Jons-Mils“ yigiruv kombinati, elektr-texnika va boshqa korxonalardan iborat. Qoʻlda gazlama toʻqish va badiiy buyumlar yasash hunarmandchiligi taraqqiy etgan. A.da universitet (1927) va Mahatma Gandi asarlarining maxsus kutubxonasi bor.



Adabiyotlar



















uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz