Agnese Bonfantini
Agnese Bonfantini (1999-yil 4-iyulda tugʻilgan) — italiyalik futbolchi, A Seriyaning „Juventus“ klubi va Italiya ayollar terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Bonfantini olti yoshidan Pyemontning Fondotoce yoshlar darajasidagi klubida oʻynay boshlagan. 2012-yilda „Inter“ yoshlar safiga oʻtdi va keyingi olti yillik faoliyatini shu yerda oʻtkazadi.
Oʻn olti yoshida, 2015-yilning 16-aprelida „Inter“ safida debyut qilgan. Bu uning B Seriyaning 2014—2015-yilgi mavsumining soʻnggi oʻyinida klub safidagi birinchi katta starti edi. Klubdagi uzoq muddatli faoliyatiga qaramay, Bonfantini „Inter“ga A Seriyaga chiqishga yordam bera olmadi. 2018-yilning yozida yangi tashkil etilgan, top-divizion klubi „Roma“ga oʻtdi va unga bu imkoniyatni berdi.
Bonfantini oʻz tarixidagi birinchi liga oʻyinida 2018-yil 22-sentabrda „Sassuolo“ mehmoni boʻlgan „Roma“ning asosiy tarkibiga kiritilgan edi.
2020-yilning 15-fevralida Bonfantini „Roma“ tarixida „Hellas Verona“ darvozasiga 47 daqiqa ichida uchta gol urib, klubda xet-trik qayd etgan birinchi ayol boʻldi. 2020—2021-yilgi mavsumda Bonfantini 2021-yil 30-may kuni Italiya kubogi finalida zaxiradan maydonga tushdi va „Roma“ga „Milan“ ni magʻlub etishga va klub sifatida oʻzining birinchi yirik sovrinini qoʻlga kiritishga yordam berdi.
2021-yil 5-iyulda Bonfantini „Juventus“ ga oʻtdi.
Terma jamoalardagi faoliyati
Bonfantini 2017-yilning 16-oktyabr kuni Italiya U-19 terma jamoasida Moldovaga qarshi debyut oʻyinida ikkita gol urdi. Oʻsha oʻyinda Italiya 8:0 hisobida gʻalaba qozondi. 2018-yilning 5-aprelida Bonfantini Italiya U-17 terma jamoasi bian Shotlandiya darvozasiga gol urdi va uning oʻyinlari mamlakatiga YEVRO U-19 turniriga yoʻllanma olishiga yordam berdi.
2019-yilda Bonfantini Italiya terma jamoasi safida Vengriya ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Yutuqlari
Roma Juventus Manbalar
uz.wikipedia.org