Agglyutinatsiya





Agglyutinatsiya (lotincha: agglutina-tio -yopishish) — tibbiyotda zarrachalar, bakteriyalar, qizil va oq qon tanachalari (eritrotsitlar va leykotsitlar) va boshqa hujayralarning agglyutininlar (qon zardobi) taʼsirida bir-biriga yopishib, gʻuj-gʻuj boʻlib choʻkib tushishi. Ular organizmning har xil kasalliklarida va immunitet hosil qilganda toʻplanadi. Mas, tajriba hayvonlarini ich terlamaga qarshi emlab, unda olingan zardob (im-mun zardob) ich terlama mikroblari bor muhitga taʼsir ettirilsa, mikroblar harakat qilishdan toʻxtaydi va gʻuj-gʻuj boʻlib choʻkib tushadi. Qon gruppasini aniqlash, baʼzi yuqumli kasalliklarni tekshirish uchun qilinadigan serologik reaksiyalar A. ga asoslangan.



Adabiyotlar



















uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz