Agalmatolit




Agalmatolit , qoliptosh (yun. agalma — bezak, haykal va lithos — tosh) — 1) pirofillit yoki talkning yashirin kristalli agregati; 2) kaolinitdikkitning mayda tangachasimon agregatidan tu-zilgan togʻ jinsi. Dikkit qatlamchalari aralashgan boʻladi. Rangi oq, oq-sargʻish, sargʻish-zangori. Pirofillit — agalma-tolit, gidrotermal minerallar guruhiga kirib, koʻpincha kvarsitlar ichida uch-raydi. A.ni ishlash oson boʻlganidan qadimdan har xil haykal, kuldon, qolip, mundshtuk va boshqa buyumlar yasaladi, shuningdek sanoatda oʻtga chidamli material sifatida, asbobsozlik va elektrotexnikada foydalaniladi. A. Oʻzbekistondagi Oqtosh, Chatqol va Qurama togʻlarida uch-raydi.



Adabiyotlar
























uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz